Rossiyaga eksportga: Oltiariqning mashhur uzumlari qanday yetishtirilmoqda

Obuna bo‘lish
Oltiariq tumani qadimdan o‘zining uzumlari bilan dunyoga tanilgan. U yerda yetishtirilayotgan uzumlar jahon, jumladan, Rossiya bozorlaridagi xaridorgir.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati 161 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 180 ming tonna uzum eksport qilgan.
O‘zbek uzumining asosiy xaridori – Rossiya. To‘qqiz oy davomida u yerga 96,8 ming tonna uzum jo‘natilgan.
Farg‘ona viloyati hududlar kesimida eksport bo‘yicha yetakchi. Shu davr mobaynida viloyat 49,6 ming tonna uzum sotgan.
Viloyatning Oltiariq tumanida bolday asal uzumlar qanday yetishtirilayotgani va uni qishda saqlash uchun qanday sharoitlar yaratilgani Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0