Qashqadaryo qanday rivojlantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie po voprosam sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Kashkadarinskoy oblasti
Videoselektornoe soveshanie po voprosam sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Kashkadarinskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Viloyatda kelasi yili 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 mingtadan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Murotjon Azimovning ma’lum qilishicha, 2023-yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
5,2 ming tonna parranda go‘shti, 450 tonna baliq go‘shti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif burgan. "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.
2023 yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion so‘mga, budjetga tushumlarni 712 milliard so‘mga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni o‘rnini bosish kutilmoqda.
Viloyatning eksport hajmi 2022-yilda 26 foizga o‘sib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023-yilda bu ko‘rsatkichni 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hokimning hisobotini tinglab, prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Jumladan:
Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;
yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o‘tkazib, auksionga chiqarish;
Muborak, Nishon, G‘uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;
Shahrisabz shahridagi bo‘sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;
“Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;
2023 yil 1-iyulga qadar G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yo‘lining 100 kilometr qismini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;
yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o‘tuvchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish;
Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:
- 13 ta bog‘chani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bog‘cha qurish loyihasini 2023-yil investitsiya dasturiga kiritish;
- yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bog‘cha tashkil etishga 4,5 milliard so‘m, 2023-yilda 380 ta bog‘cha tashkil etishga 52 milliard so‘m subsidiya ajratish;
- bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash bo‘yicha loyihani tayyorlash;
- kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qo‘shimcha 550 o‘rinli tug‘ruq komplekslarini tashkil etish;
- yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard so‘m ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish;
- yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish;
- bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi o‘quv yilidan Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish topshirildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev viloyatda beshta yo‘nalishda - tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalarni belgilab bergani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0