Putin Qozog‘istonning xalqaro munosabatlardagi muhim rolini qayd etdi

© Sputnik / Mikhail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev i prezident RF Vladimir Putin vo vremya vstrechi v Kremle
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev i prezident RF Vladimir Putin vo vremya vstrechi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, dedi Putin.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevni Respublika kuni bilan tabriklab, respublikaning turli sohalardagi yutuqlari va xalqaro munosabatlardagi muhim rolini ta’kidladi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Qozog‘iston iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda ajoyib natijalarga erishdi, u xalqaro munosabatlarda muhim o‘rin tutadi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda”, deyiladi Rossiya rahbari telegrammasida.
Putin Toqayev va Qozog‘iston xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.
Bugun, 25-oktabr kuni, Qozog‘istonda 13-yildan buyon birinchi marta Respublika kuni nishonlanmoqda. Bayram 2009-yilda bekor qilingandi, biroq bu yil prezident Qasim-Jomart-Toqayev tashabbusi bilan unga milliy bayram maqomi qaytarib berildi.
Yangiliklar lentasi
0