Norvegiya bosh vaziri Rossiyani yakkalab qo‘yishga qarshi chiqdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPribitie uchastnikov sammita Yevropeyskogo politicheskogo soobshestva v Prage
Pribitie uchastnikov sammita Yevropeyskogo politicheskogo soobshestva v Prage - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Rossiya bilan aloqalarimiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarimiz juda kamligi tashvishlidir, deydi Norvegiya bosh vaziri.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. G‘arb o‘zini Rossiyadan ajratib qo‘ymasligi, balki u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi kerak. Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store ta’kidladi.
“Rossiyani yakkalab qo‘yishdan hech qanday foyda yo‘q. Bugungi kunda Rossiya bilan aloqalarimiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarimiz juda kamligi tashvishlidir”, dedi bosh vazir.
Storening fikricha, muloqotning yo‘qligi tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoniyatini zaiflashtiradi. U hozirgi siyosiy vaziyatni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng qiyin vaziyat deb atadi.
Prezident Vladimir Putin Rossiyani dunyoning qolgan qismidan ajratib bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasidir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Shunga qaramay, Putin ta’kidladiki, Rossiyaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishning iloji bo‘lmadi, Yevropaning o‘zi yesa sanksiyalar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Yangiliklar lentasi
0