Maksut Shadayev: telekommunikatsiya hayotimizning muhim sohalaridan biri

© SputnikSovmestnoe 58 zasedanie Soveta glav AS RSS i 28 zasedanie Koordinatsionnogo soveta gosudarstv-uchastnikov SNG po informatizatsii pri RSS
Sovmestnoe 58 zasedanie Soveta glav AS RSS i 28 zasedanie Koordinatsionnogo soveta gosudarstv-uchastnikov SNG po informatizatsii pri RSS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev Mintaqaviy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining qo‘shma 58-majlisida ishtirok etdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Telekommunikatsiya zamonaviy hayotning eng muhim sohalaridan biri bo‘lib, hukumat kompaniya va olimlarga zamon bilan hamnafas bo‘lishda yordam berishi kerak. Bu haqida Mintaqaviy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining qo‘shma 58-majlisida Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Biz telekommunikatsiya obyektiv ravishda hayotimizning muhim sohalaridan biri ekanligini ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari, bizning ishimiz doimiy texnologik taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyojga javob beradi. Aytish mumkin, bu biz uchun loyiha emas, balki hayot tarzi va biz tartibga soluvchilar sifatida kompaniyalarimiz, muhandislarimiz va olimlarimizga zamon bilan hamnafas bo‘lishda, eng zamonaviy texnologiyalarni yaratishda yordam berishimiz muhim”, - deydi u.

© SputnikSovmestnoe 58 zasedanie Soveta glav AS RSS i 28 zasedanie Koordinatsionnogo soveta gosudarstv-uchastnikov SNG po informatizatsii pri RSS
Sovmestnoe 58 zasedanie Soveta glav AS RSS i 28 zasedanie Koordinatsionnogo soveta gosudarstv-uchastnikov SNG po informatizatsii pri RSS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Sovmestnoe 58 zasedanie Soveta glav AS RSS i 28 zasedanie Koordinatsionnogo soveta gosudarstv-uchastnikov SNG po informatizatsii pri RSS
Shadayevning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish davomida tegishli idoralar rahbarlari boshqarmalar faoliyati natijalari va ularning telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish hamda 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bo‘lajak yig‘ilishning asosiy masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

“Yig‘ilishlarda axborot kommunikatsiyalari sohasida ijodkorlikni faollashtirish va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikdagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi eng dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish zarur”, - deydi u.

Ma’lumot uchun, Mazkur yig‘ilishda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston aloqa ma’muriyatlari delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ICTWeek Uzbekistan 2022 doirasida Aloqa sohasida Mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasida xalqaro forumlar, seminarlar va konferensiyalar ham o‘tkaziladi. Bundan tashqari, tadbir doirasida mamlakatning ICTEXPO axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘z ishini 27-oktabrga qadar davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0