Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Makron Rim papasidan Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Putinga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Fransii E. Makronom
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Fransii E. Makronom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Fransiya rahbari shu tariqa Rim papasidan “Ukrainada tinchlik o‘rnatishga yordam berishni” so‘ragan.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rim papasi Fransiskdan Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun Rossiya va Amerika yetakchilari Vladimir Putin va Jo Baydenga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi, deb yozmoqda “Point”.
Rim papasi Fransisk dushanba kuni Vatikanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni qabul qildi. Xabar qilinishicha, pontifik va Fransiya rahbari o‘rtasidagi uchrashuv 55 daqiqa davom etgan.
“Men Rim papasi Fransiskni Vladimir Putin va Moskva patriarxi Kirillga, shuningdek, Jo Baydenga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdim”, degan Makron.
Ta’kidlanishicha, Fransiya rahbari shu tariqa Rim papasidan “Ukrainada tinchlik o‘rnatishga yordam berishni” so‘ragan.
Bunga javoban Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi vaziyatga yechim topish uchun AQSh, boshqa davlatlar va Rim papasi bilan gaplashishga tayyor ekanini aytdi.

“Biz bularning barchasini amerikaliklar, fransuzlar va pontifik bilan muhokama qilishga tayyormiz. Yana bir bor takror aytaman, Rossiya barcha aloqalar uchun ochiq. Ammo biz Ukraina muzokaralarni davom ettirmaslikni kodifikatsiya qilganidan kelib chiqishimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0