https://oz.sputniknews.uz/20221025/kongressmenlar-baydendan-rossiya-bilan-muzokaralar-otkazishni-soradi-29445903.html
Kongressmenlar Baydendan Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘radi
Kongressmenlar Baydendan Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, vakillar palatasining 30 nafar a’zosi prezident Jo Baydenga murojaat qilgan. 25.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-25T15:31+0500
2022-10-25T15:31+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26541974_426:416:3072:1904_1920x0_80_0_0_339a738aabbe20c4101a297683403657.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Bir guruh kongressmenlar AQSh prezidenti ma’muriyatiga Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqiruvchi maktub yo‘lladi, Oq uy uni qabul qildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, vakillar palatasining 30 nafar a’zosi prezident Jo Baydenga murojaat qilgan. Maktubga Demokratik partiyadagi liberal qanot vakillari, jumladan Jeymi Raskin, Aleksandriya Okasio-Kortes, Ilxan Omar, Kori Bush va Pramila Jaypal imzo chekkan.Kirbining ta’kidlashicha, Oq uy kongressmenlar nuqtayi nazarini va ularning Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan xavotirini hurmat qiladi. Shu bilan birga, u Kiyev ishtirokisiz muzokaralar olib borib bo‘lmasligini, hozircha ular tayyor emasligini ta’kidladi.Oktabr oyi boshida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevning muloqotdan bosh tortishi munosabati bilan Ukraina bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishish imkoniyati yo‘qligini, chunki muzokaralar uchun ikki tomon zarurligini ta’kidladi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytganidek, Ukraina bo‘yicha muzokaralar kontekstida Rossiya “hech kimning orqasidan yugurmaydi” va faqat aniq jiddiy takliflarni ko‘rib chiqadi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1a/26541974_953:414:3072:2004_1920x0_80_0_0_4dd66c64f90fccb2b1ad91f62c0ea3c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, jo bayden, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, jo bayden, rossiya
Kongressmenlar Baydendan Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘radi
15:31 25.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, vakillar palatasining 30 nafar a’zosi prezident Jo Baydenga murojaat qilgan.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Bir guruh kongressmenlar AQSh prezidenti ma’muriyatiga Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqiruvchi maktub yo‘lladi, Oq uy uni qabul qildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum
qildi.
Ta’kidlanishicha, vakillar palatasining 30 nafar a’zosi prezident Jo Baydenga murojaat qilgan. Maktubga Demokratik partiyadagi liberal qanot vakillari, jumladan Jeymi Raskin, Aleksandriya Okasio-Kortes, Ilxan Omar, Kori Bush va Pramila Jaypal imzo chekkan.
Kirbining ta’kidlashicha, Oq uy kongressmenlar nuqtayi nazarini va ularning Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan xavotirini hurmat qiladi. Shu bilan birga, u Kiyev ishtirokisiz muzokaralar olib borib bo‘lmasligini, hozircha ular tayyor emasligini ta’kidladi.
“U (Zelenskiy - tahr.) hozir janob Putin bilan muzokaralar olib borish vaqti deb hisoblamaydi. Biz bu fikrni hurmat qilamiz”, deydi Kirbi.
Oktabr oyi boshida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevning muloqotdan bosh tortishi munosabati bilan Ukraina bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishish imkoniyati yo‘qligini, chunki muzokaralar uchun ikki tomon zarurligini ta’kidladi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytganidek, Ukraina bo‘yicha muzokaralar kontekstida Rossiya “hech kimning orqasidan yugurmaydi” va faqat aniq jiddiy takliflarni ko‘rib chiqadi.