https://oz.sputniknews.uz/20221025/ei-davlatlari-rossiya-bilan-savdo-hajmini-oshirdi-29443362.html
YeI davlatlari Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi
YeI davlatlari Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqining bir necha davlatlari iyul oyida Rossiyadan tovarlar importini oshirdi 25.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-25T12:42+0500
2022-10-25T12:42+0500
2023-04-05T18:40+0500
iqtisod
yevropa ittifoqi
eksport
import
sanksiyalar
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/15/28423980_0:100:3287:1948_1920x0_80_0_0_91bdc263fd3d124d933978b21afa5bf2.jpg
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Yevroittifoqning oltita davlati iyul oyida Rossiyaga tovarlar eksportini yillik hisobda ko‘paytirdi, shu bilan birga, Rossiya tovarlari importi Yevropa Ittifoqining 16 ta davlatida oshdi, deya xabar berdi RIA Novosti, statistika ma’lumotlariga ko‘ra.Rossiya eksporti oshgan YeI davlatlariEng ko‘p miqdorda - Sloveniya (6 marta), Kipr (3,4 marta), Chexiya (3,1 marta), Gretsiya (3 marta) va Italiya (2, 2-marta). Shuningdek - Bolgariya (95 %), Belgiya (89 %), Vengriya (77 %), Ispaniya (68 %), Slovakiya (21%), Lyuksemburg (16 %), Niderlandiya (15 %), Avstriya (12 %), Germaniya (10 %), Ruminiya (9%) va Xorvatiya (2%).Rossiya importi oshgan YeI davlatlari Yevropa Ittifoqining 8ta davlati har oy Rossiyaga eksport hajmini oshirdi. Bular - Ruminiya (78 %), Litvada (28 %) va Niderlandiyada (21 %) kuzatildi. Shuningdek, Belgiya, Bolgariya, Ispaniya, Sloveniya va Xorvatiya tovarlarini yetkazib berish hajmi ham oshdi. Xorvatiya Rossiyaga qariyb 18,4 million yevroga mahsulot yetkazib bergan, Sloveniya - 98 million yevro. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 59 foiz va 56 foizga ko‘p. Shuningdek, Estoniya (16 foiz), Bolgariya (10 foiz), Avstriya (5 foiz) va Latviya (1 foiz) ham yillik hisobda mahsulot eksportini oshirdi.Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/15/28423980_277:0:3008:2048_1920x0_80_0_0_544762b8e79bd66218d1c5110590e8de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, yevropa ittifoqi, eksport, import, sanksiyalar, ukraina, rossiya
iqtisod, yevropa ittifoqi, eksport, import, sanksiyalar, ukraina, rossiya
YeI davlatlari Rossiya bilan savdo hajmini oshirdi
12:42 25.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Yevropa Ittifoqining bir necha davlatlari iyul oyida Rossiyadan tovarlar importini oshirdi
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Yevroittifoqning oltita davlati iyul oyida Rossiyaga tovarlar eksportini yillik hisobda ko‘paytirdi, shu bilan birga, Rossiya tovarlari importi Yevropa Ittifoqining 16 ta davlatida oshdi, deya xabar berdi RIA Novosti, statistika ma’lumotlariga ko‘ra.
Rossiya eksporti oshgan YeI davlatlari
Eng ko‘p miqdorda - Sloveniya (6 marta), Kipr (3,4 marta), Chexiya (3,1 marta), Gretsiya (3 marta) va Italiya (2, 2-marta).
Shuningdek - Bolgariya (95 %), Belgiya (89 %), Vengriya (77 %), Ispaniya (68 %), Slovakiya (21%), Lyuksemburg (16 %), Niderlandiya (15 %), Avstriya (12 %), Germaniya (10 %), Ruminiya (9%) va Xorvatiya (2%).
Rossiya importi oshgan YeI davlatlari
Yevropa Ittifoqining 8ta davlati har oy Rossiyaga eksport hajmini oshirdi. Bular - Ruminiya (78 %), Litvada (28 %) va Niderlandiyada (21 %) kuzatildi.
Shuningdek, Belgiya, Bolgariya, Ispaniya, Sloveniya va Xorvatiya tovarlarini yetkazib berish hajmi ham oshdi. Xorvatiya Rossiyaga qariyb 18,4 million yevroga mahsulot yetkazib bergan, Sloveniya - 98 million yevro. Bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 59 foiz va 56 foizga ko‘p.
Shuningdek, Estoniya (16 foiz), Bolgariya (10 foiz), Avstriya (5 foiz) va Latviya (1 foiz) ham yillik hisobda mahsulot eksportini oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.