AQShning Rossiya va Xitoydan gipertovushli orqada qolishi: surunkali kasallik

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy forum "Armiya-2022"
Mejdunarodniy forum Armiya-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Mission impossible: AQSh gipertouvshli qurollar bo‘yicha Rossiya va Xitoydan ancha yil orqada qolgani uning "gegemon"ligiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Amerika yuqori texnologiyali qurollar yaratish bo‘yicha jahonda yetakchilikni umidsiz ravishda yo‘qotdilar. Vashington gipertovush sohasida Moskva va Pekinga yetib olishga harakat qilmoqda, biroq sakkizta raketa dasturlari va ko‘p milliard dollarlik budjeti ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Gipertovushli raketa maketlarining bir qator muvaffaqiyatsiz sinovlari Kongress va Pentagonni xavotirga solmoqda va AQShning “Katta To‘qmoq” diplomatik strategiyasini (Big Stick diplomacy) abadiy chipakka chiqarmoqda.
AQShning Raytheon mudofaa kompaniyasi huzurida Kongress a’zolari, AQSh Mudofaa vazirligi vakillari, harbiy-sanoat kompleksi rahbarlari va gipertovushli qurollar bo‘yicha mutaxassislar o‘tgan haftada, gipertovushli qurollar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy va Rossiyadan surunkali orqada qolish fonida, milliy xavfsizlik kelajagini muhokama qilishdi.
Asosiy tashvishlar: Qo‘shma Shtatlarda gipertovushli raketalar, shuningdek, mavjud dushman gipertovushli transport vositalarini (Rossiya va Xitoy) ushlab turish uchun kuzatuv va o‘tni boshqarish tizimlari mavjud emasligi. Bu vaziyatda, fizika qonunlari mafkurani qat’iyan rad etadi: gipertovush muammolari hal etilmasa, AQShning “yagonaligi” va gegemoniyasi ish bermaydi.
Ovoz tezligidan besh baravar yoki undan tez ucha oladigan gipertovush raketalar AQSh milliy xavfsizligi uchun juda muhim. Xususan, Milliy Mudofaa Sanoati Assotsiatsiyasining Yangi Texnologiyalar Instituti direktori Mark Lyuis shunday dedi: “Biz har safar butun dunyo miqyosida ma’lum ssenariylarda urush o‘yinlarini o‘ynaganimizda, Qo‘shma Shtatlar gipertovushli qurolga ega bo‘lgan dushman bilan to‘qnashuvda yutqazayotganiga guvoh bo‘ldik. Bizda esa bunday qurollar yo‘q”.
© Sputnik / Russian Defence Ministry / Mediabankka o‘tishPusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi statsionarnogo bazirovaniya "Sarmat" s kosmodroma Plesesk
Pusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi statsionarnogo bazirovaniya Sarmat s kosmodroma Plesesk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Pusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi statsionarnogo bazirovaniya "Sarmat" s kosmodroma Plesesk
Avvalroq Kongress tadqiqot xizmati Rossiya va Xitoy “yadro kallaklari bilan jihozlangan gipertovushli raketalarni allaqachon ishlab chiqqanini, Qo‘shma Shtatlardaesa bunday dasturlar hali yo‘qligini” ta’kidlagan edi. Bundan tashqari, Pentagonda gipertovushli qurollardan foydalanish bo‘yicha aniq belgilab olingan vazifalar yo‘q, bu esa bunday qurollar yaratishni qiyinlashtiradi.
Ehtimol “gipertovushli klub”ga a’zo bo‘lish uchun amerikaliklar kamroq Big Stick diplomacy (boshqa davlatlarning ichki ishlariga zo‘rlik bilan aralashish–Sputnik) va harbiy-politsiya "o‘yinlarida" ishtirok etishi va o‘z milliy resurslarini uzoq mamlakatlar (Panama, Iroq, Somali, Yugoslaviya, Afg‘oniston, Liviya, Suriya, Yaman 1989 - 2014-yillar)ni vayron qilishga kamroq sarflashi kerak edi.
Qanday bo‘lmasin, Qo‘shma Shtatlar gipertovush poygasida (keraksiz-tahr.) "uchinchi g‘ildirak"ka aylandi. Amerika avia-tashuvchilarining jahon okeanidagi nominal ustunligi endi ahamiyatsiz – har qanday yirik harbiy kema gipertovushli raketa uchun oson nishonga aylandi.

"Gegemon" missiyasi: amalga oshirib bo‘lmaydi

Avgust oyida Qo‘shma Shtatlar so‘nggi to‘qqiz yil ichida uchinchi bor Raytheon dvigateli bilan jihozlangan gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi.
Gavayya orollarida yakunlangan iyul oyida o‘tkazilgan sinov o‘t oldirish tizimidagi muammolar tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. May oyida AGM-183A raketa modeli V-52N bombardimonchi samolyotidan ajralib chiqdi va taxminan 5 Max tezlikka erishdi. Bu gipertovush tezligining pastki chegarasi. Boshqariladigan (yoki boshqarilmaydigan) AGM-183A raketasi qancha masofaga ucha olishi bizga noma’lum, ammo oldinda hali ish ko‘p. Amerikaning barcha gipertovushli loyihalari hali boshlang‘ish davrida ekanligi ma’lum.
Qo‘shma Shtatlar sakkiz xil dastur bo‘yicha gipertovushga hujum qilmoqda va 2022-yilda ushbu ishga deyarli 4 milliard dollar sarfladi. AQSh armiyasi "2023 yildan so‘ng" 3000 km gacha bo‘lgan uzoq masofali mobil gipertovushli raketa LHRV tizimiga ega bo‘lmoqchi, lekin gipertovush ishlanmalari hali ko‘p bosqichli “tezlashtirgichlar” hozircha sinovdan o‘ta olmayapti.
© Foto : Air Force, Giancarlo CarsemGiperzvukovaya raketa AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon (ARRW)
Giperzvukovaya raketa AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon (ARRW) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Giperzvukovaya raketa AGM-183A Air-Launched Rapid Response Weapon (ARRW)
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari “Yerning istalgan nuqtasiga bir soat ichida” zarba berishi kerak va 2700 km masofaga uchadigan dengizdan uchiriladigan gipertovushli raketani ishlab chiqish 2024-yil bahorigacha yakunlanishi kerak.
Bugungi kunda amerikaliklar dastlabki tezlashtirish texnologiyasini ham o‘zlashtira olmagan. Gipertovush tezligida boshqariladigan parvoz yanada murakkabroq muammodir. Raketa va kosmik texnologiyalar sohasidagi jahonning nufuzli olimlaridan biri, rossiyalik Gerbert Yefremovning fikricha, Qo‘shma Shtatlarda 20-yildan keyin gipertovushli raketalar paydo bo‘lishi mumkin. Ortda qolish juda katta. NATOning boshqa davlatlari bundan ham uzoqroqda.
Ayni paytda, Kortlend shahrida (Alabama) Lockheed Martinning hali sinovdan o‘tkazilmagan gipertovushli raketalarni AGM-183A ARRV yig‘ishga ixtisoslashgan zavodi paydo bo‘ldi. 2022-yil oxirigacha bu yerda AQSh harbiy-havo kuchlari uchun 12 ta gipertovushli raketa ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, Rossiyaning gipertovushli raketalari 2016-yildan beri muvaffaqiyatli uchmoqda. Havodan uchiriladigan “Xanjar” 2018-yildan beri jangovar xizmatda bo‘lib, u soatiga 12 ming kilometrdan (yoki 10 Max) tezlikka erisha oladi. Ukraina harbiy operatsiyalar teatrida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
“Avangard” majmuasi esa 2019-yilda jangovar xizmatga qabul qilingan. Uning jangovar kallaklari atmosferada 20 Maxdan yuqori tezlikda ucha oladi.
Dengizdan uchiriladigan gipertovushli “Sirkon”lar 2022-yilda foydalanishga topshirilgan va 9 Max tezlikda ucha oladi.
© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRaketniy kompleks "Avangard" ustanovili v shaxtu pod Orenburgom
Raketniy kompleks Avangard ustanovili v shaxtu pod Orenburgom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Raketniy kompleks "Avangard" ustanovili v shaxtu pod Orenburgom
Vashington Rossiyaning gipertovushli raketalaridan o‘ziga kelmasdan turib bunday raketalar Xitoyda payda bo‘ldi. Pekin "fizika cheklovlarini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi" – “Chanchjen” strategik gipertovushli raketasi Yer atmosfersini (ekvator bo‘ylab 40 ming km) aylanib chiqib, nishonga minimal cheklanish bilan zarba berdi. Pentagon bunday texnologiyalardan himoyalanmagan va nihoyatda xavotirda.
13 oktabr kuni AQSh Shimoliy qo‘mondonligi rahbari general Glen Vanxerk Rossiya Federatsiyasini Shimoliy Amerika uchun asosiy tahdid deb atadi: “Rossiya yadro qurolini olib yurishga qodir bo‘lgan qit’alararo ballistik raketaga o‘rnatilgan birinchi gipertovushli apparatga ega ekanini va Qo‘shma Shtatlar to‘rt yildan buyon uning nishoni ostida ekanini ta’kidladi.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, bunday raketalar AQShning havo hujumidan ogohlantirish/qaytarish tizimini “ilma teshik devorga” aylantiradi. Vanxerke, shuningdek, Atlantika va Tinch okeanidagi “Severodvinsk” toifasidagi qanotli raketalar tashuvchi suv osti kemalarining tahdidini ham qayd etdi. Darhaqiqat “ilma-teshik” himoya. Gipertovush texnologiyalarni o‘zlashtirmasdan turib, gipertovushli qurollardan himoya tizimini ishlab chiqish mumkin emas.
Rossiya va Xitoy AQSh va boshqa NATO davlatlari bilan harbiy mojaroga kirishishdan manfaatdor emas. Gipertovush raketalar sayyoradagi agressiv qo‘shnilarining tajovuzkor harakatlari va rejalariga javob sifatida yaratilgan.
© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie giperzvukovoy raketi "Sirkon"
Ispitanie giperzvukovoy raketi Sirkon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Ispitanie giperzvukovoy raketi "Sirkon"
Amerika olimlari federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya dunyodagi eng ko‘p yadro kallaklariga ega davlat – 5977ta. AQSh arsenali - 5428 dona. Shu bilan birga, “dunyodagi 12700 ta yadro kallaklaridan 9400 dan ortig‘i raketalar, samolyotlar, kemalar va suv osti kemalari yordamida foydalanish uchun harbiy omborlardasaqlanmoqda”.
Shubhasiz, urushqoq amerikaliklar Ukraina va Tayvanda o‘ylamasdan "gegemon"lik qilmasligi kerak. Axir uchib kelishi mumkin.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0