“Yandeks” O‘zbekistonda dasturlash maktablarini ochishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
“Yandeks” kompaniyasi yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent va Samarqandda dasturlash maktablarini ishga tushirishi mumkin.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi O‘zbekistonda dasturlash maktablarini tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Samarqandda o‘tkazilayotgan “ICT Week Uzbekistan — 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ma’lum qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kompaniya O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan yangi 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent va Samarqandda dasturlash maktablarini ishga tushirish masalasini muhokama qilmoqda.
“Yillik bepul dastur tanlovdan o‘tgan 8−10-sinf o‘quvchilariga “Python” dasturini o‘zlashtirish, veb-ilovalar, chat-botlar va foydalanuvchilar uchun interfeyslar yaratishni o‘rganish imkonini beradi. Shu paytga qadar Armaniston, Qozog‘iston va Rossiyada maktab o‘quvchilari uchun ta’lim loyihalari ishga tushirildi”, - dedi “Yandeks” ta’lim loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Brajnik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekiston IT sohasida faol rivojlanmoqda va shunga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislarga talab ham ortib bormoqda.
“Bizning dasturlash maktabimiz turli mamlakatlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Ushbu zamonaviy professional dasturlash ta’lim kursi ta’lim tizimiga muhim hissa qo‘shmoqda — u iqtidorli talabalarni jalb qiladi, ularda raqamli iqtisodiyot davrida mutaxassis uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi va o‘qituvchilarning malakasini oshiradi”, - deya qo‘shimcha qildi. u.
Yangiliklar lentasi
0