Vladimir Norov Pan Gi Mun bilan uchrashdi

© Tashqi ishlar vazirligiVladimir Norov va Pan Gi Mun
Vladimir Norov va Pan Gi Mun - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Orolbo‘yida amalaga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi Raisi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.
Seul shahrida “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15 hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Vladimir Norov va Pan Gi Mun ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston va Yashil o‘sish global instituti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Pan Gi Mun Markaziy Osiyoning ekologik muammolaridan yaxshi xabardor ekani, Orolbo‘yida bir necha bor bo‘lgani va u yerda Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlari haqida shaxsan bilishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, shu yilning fevral oyida O‘zbekistonda Yashil rivojlanish global instituti Assambleyasi vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
U yerda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, “yashil” texnologiyalar va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni dekarbonizatsiya (uglerod neytralligini ta’minlash) qilish sohasida xalqaro yo‘nalishda eng yaxshi amaliyotlarni o‘zlashtirish, jumladan Koreya tajribasiga asoslangan hamkorlik olib borilmoqda.
Hozirda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va assambleya o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, bugungi kunda qiymati 5,9 million dollarlik “Orol dengizi halokatining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Orolbo‘yi mintaqasini yashil qayta tiklash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Orolbo‘yida “yashil” qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta tiklanadigan energiya sohasida loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Norov Antonio Guterrish bilan uchrashgandi. Unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obyektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari yuqori baholanishi ma’lum qilingan.
Yangiliklar lentasi
0