https://oz.sputniknews.uz/20221024/toshkentdagi-gafur-gulom-bogi-dream-park-nomi-bilan-ochildi-29438336.html
Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan ochildi
Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Hozir bog‘ test rejimida ishlayapti. O‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilmoqda. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T21:31+0500
2022-10-24T21:31+0500
2022-10-24T21:31+0500
jamiyat
chilonzor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1371/26/13712649_0:0:2730:1537_1920x0_80_0_0_72d2ec95cf8bc3e2bd770916f6cdb5d9.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan test rejimida ochildi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, bog‘dagi ta’mirlash ishlari nihoyat yakuniga yetmoqda.“Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yashil hududlaridan birini saqlab qolishni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan o‘simliklar bilan to‘ldirishni ham o‘z oldimizga vazifa sifatida qo‘ygandik. Tez orada bu yerda tabiat bilan uyg‘unlikni saqlagan holda, haqiqatda ham dam olish mumkin bo‘ladi”, - deydi G‘afur G‘ulom bog‘i direktorining o‘rinbosari Zafar Mirzaulukov.Ta’kidlanishicha, G‘afur G‘ulom bog‘i "ekofrendli" uslubida yangilandi. Masalan, eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun o‘yin maydonlarida xorijda ishlab chiqarilgan to‘liq tabiiy kompozitsion materiallardan bo‘lgan turli arqonli zinalar, qoyalar va kanatlar o‘rnatilgan. Boqqa charxpalak ham qaytarilgan va zamonaviy jihozlangan.Bog‘ hududida joylashgan ikkita ko‘l to‘la ta’mirlanib, gidrotizimlar to‘liq o‘zgartirilgan. Shuningdek, ko‘llarning atrofida plyaj zonalari va tabiat qurshovida dam olish uchun joylar yaratilgan. Ko‘llarning birida qayiq va katamaranlar saqlab qolinmoqda, ikkinchi ko‘l esa o‘rdaklar uchun ajratilgan.
chilonzor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1371/26/13712649_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_f64ccf785121d37df4bb7da60eb48922.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, chilonzor tumani
jamiyat, chilonzor tumani
Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan ochildi
Hozir bog‘ test rejimida ishlayapti. O‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan test rejimida ochildi. Bu haqda tuman hokimligi
ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, bog‘dagi ta’mirlash ishlari nihoyat yakuniga yetmoqda.
“Hozir bog‘ test rejimida faoliyat boshladi. Ya’ni o‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilmoqda. Tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.
“Biz faqatgina poytaxtning eng yirik yashil hududlaridan birini saqlab qolishni emas, balki hududni yangi va turli daraxtlar, butalar va gullaydigan o‘simliklar bilan to‘ldirishni ham o‘z oldimizga vazifa sifatida qo‘ygandik. Tez orada bu yerda tabiat bilan uyg‘unlikni saqlagan holda, haqiqatda ham dam olish mumkin bo‘ladi”, - deydi G‘afur G‘ulom bog‘i direktorining o‘rinbosari Zafar Mirzaulukov.
Ta’kidlanishicha, G‘afur G‘ulom bog‘i "ekofrendli" uslubida yangilandi. Masalan, eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun o‘yin maydonlarida xorijda ishlab chiqarilgan to‘liq tabiiy kompozitsion materiallardan bo‘lgan turli arqonli zinalar, qoyalar va kanatlar o‘rnatilgan. Boqqa charxpalak ham qaytarilgan va zamonaviy jihozlangan.
Bog‘ hududida joylashgan ikkita ko‘l to‘la ta’mirlanib, gidrotizimlar to‘liq o‘zgartirilgan. Shuningdek, ko‘llarning atrofida plyaj zonalari va tabiat qurshovida dam olish uchun joylar yaratilgan. Ko‘llarning birida qayiq va katamaranlar saqlab qolinmoqda, ikkinchi ko‘l esa o‘rdaklar uchun ajratilgan.