Toshkent hayvonot bog‘i ish vaqtini o‘zgartirdi

Tashkentskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Hayvonot bog‘ining tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini soat 18.30 gacha olib boradi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ining ish vaqti o‘zgardi. Endilikda 24-oktabrdan boshlab Toshkent hayvonot bog‘i kassalari 08.00 dan 17.00 gacha ishlaydi.
Hayvonot bog‘ining o‘zi esa tashrif buyuruvchilar uchun soat 18.30 gacha o‘z faoliyatini olib boradi.
Shu kungacha bog‘ kassalari ish vaqti soat 08.00 dan 17.30 gacha edi. Hayvonot bog‘ining esa soat 19.00 gacha ishlagan.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hayvonot bog‘lari soni 3 tani tashkil etgan. Ushbu hayvonot bog‘lari Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan. Mazkur hayvonot bog‘larida jami 14 443 turdagi hayvonot dunyosi jonzotlari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0