https://oz.sputniknews.uz/20221024/toshkent-andijon-va-toshkent-samarqand-pulli-avtomobil-yollari-qachon-qurib-bitkaziladi-29409629.html
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkaziladi
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llarini qurish ishlari davom etmoqda - tafsilotlar. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T17:21+0500
2022-10-24T17:21+0500
2022-10-24T17:21+0500
jamiyat
avtomobil
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213809_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_f90b3b706cd1e0514af0899f55661ed9.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-2026 yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.Ular quyidagilar:Eslatib o‘tamiz, iyul oyida prezident qarori bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlangandi.Dastur doirasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasi kompleks takomillashtirish, avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtirish va jamoat transportini rivojlantirish hamda raqamlashtirish nazarda tutilgan.Qoraqalpog‘istondagi shahar yo‘lovchi transportining 70 ta bekatlarida yo‘lovchilarga zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi. Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213809_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_6eb7026b86a38db095020fb367b1a16c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, avtomobil, yo‘l
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkaziladi
Hozirda Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llarini qurish ishlari davom etmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum
qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-2026 yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari;
Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida prezident qarori bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlangandi.
Dastur doirasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasi kompleks takomillashtirish, avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtirish va jamoat transportini rivojlantirish hamda raqamlashtirish nazarda tutilgan.
Qoraqalpog‘istondagi shahar yo‘lovchi transportining 70 ta bekatlarida yo‘lovchilarga zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi. Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtab turish joylari tashkil
etiladi.