https://oz.sputniknews.uz/20221024/toqaev-qozogistonning-yangilangan-harbiy-doktrinasini-tasdiqladi-29403956.html
Toqayev Qozog‘istonning yangilangan Harbiy doktrinasini tasdiqladi
Toqayev Qozog‘istonning yangilangan Harbiy doktrinasini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Hujjatda harbiy tahdidlar va xavfsizlikka ta’sir etuvchi hozirgi sharoit va omillar o‘z ifodasini topgani tushuntiriladi. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T13:53+0500
2022-10-24T13:53+0500
2022-10-24T13:53+0500
dunyoda
qozog‘iston
qasim-jomart toqayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29404399_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_9a3f6c65adf918de79f147a415a11ca0.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatning zamonaviy sharoitlarda xavfsizlik va mudofaani ta’minlaydigan yangilangan Harbiy doktrinasini tasdiqladi. Bu haqda respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.Toqayev 2021-yil 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida Harbiy doktrinani yangilash zarurligini e’lon qildi va qurolli kuchlar, boshqa qo‘shinlar va harbiy tuzilmalarni qayta formatlash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik ustuvor vazifalarga aylanishi kerakligini ta’kidladi.Ta’kidlanishicha, hujjatda harbiy tahdidlar va xavfsizlikka ta’sir etuvchi hozirgi sharoit va omillar o‘z ifodasini topgani tushuntiriladi. U harbiy-siyosiy va harbiy-strategik sohalardagi faoliyatning yangi yo‘nalishlarini, harbiy sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va harbiy rejalashtirish tizimini joriy etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.Qayd etilishicha, Qurolli kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish uchun maxsus operatsiya qo‘shinlarini rivojlantirish va ularning boshqa davlat organlarining maxsus bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish rejalashtirilgan.Harbiy doktrinaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmon kuchga kirgani ta’kidlangan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29404399_25:0:2754:2047_1920x0_80_0_0_d9fbb54aec7e8396bef941004716422a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, qasim-jomart toqayev
dunyoda, qozog‘iston, qasim-jomart toqayev
Toqayev Qozog‘istonning yangilangan Harbiy doktrinasini tasdiqladi
Hujjatda harbiy tahdidlar va xavfsizlikka ta’sir etuvchi hozirgi sharoit va omillar o‘z ifodasini topgani tushuntiriladi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatning zamonaviy sharoitlarda xavfsizlik va mudofaani ta’minlaydigan yangilangan Harbiy doktrinasini tasdiqladi. Bu haqda respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar
bergan.
Toqayev 2021-yil 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida Harbiy doktrinani yangilash zarurligini e’lon qildi va qurolli kuchlar, boshqa qo‘shinlar va harbiy tuzilmalarni qayta formatlash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik ustuvor vazifalarga aylanishi kerakligini ta’kidladi.
“Davlat rahbari Qozog‘iston Harbiy doktrinasini tasdiqladi”, deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Ta’kidlanishicha, hujjatda harbiy tahdidlar va xavfsizlikka ta’sir etuvchi hozirgi sharoit va omillar o‘z ifodasini topgani tushuntiriladi. U harbiy-siyosiy va harbiy-strategik sohalardagi faoliyatning yangi yo‘nalishlarini, harbiy sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va harbiy rejalashtirish tizimini joriy etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, Qurolli kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish uchun maxsus operatsiya qo‘shinlarini rivojlantirish va ularning boshqa davlat organlarining maxsus bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish rejalashtirilgan.
“Harbiy doktrinaning yangi tahriri davlatning harbiy xavfsizlik va mudofaani ta’minlash bo‘yicha qarashlarini zamonaviy talab va sharoitlarga moslashtirish imkonini beradi, shuningdek, yangi tahdid va xavflarga munosib javob berish uchun mamlakatning harbiy salohiyatini oshiradi”, - deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Harbiy doktrinaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmon kuchga kirgani ta’kidlangan.