https://oz.sputniknews.uz/20221024/sibirda-ozbek-tili-va-madaniyati-markazi-ochilishi-kutilmoqda-29397461.html
Sibirda o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi kutilmoqda
Sibirda o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Sibir federal okrugida o‘zbek tili va an’analarini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda - tafsilotlar. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T12:17+0500
2022-10-24T12:17+0500
2022-10-24T12:17+0500
novosibirsk
talabalar
o‘zbek tili
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1306/82/13068267_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8087d048ab8d6e033fa85d4e78427f88.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Sibir federal okrugida o‘zbek tili va an’analarini o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini inobatga olib, O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etilishi mumkin. Bu haqida “Dunyo”AA xabar berdi.O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Unda Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi Sibir bo‘limi, Novosibirsk davlat universiteti vakillari, shuningdek, Novosibirskdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘zbekistonlik talabalari ishtirok etdi.Uchrashuvda o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari haqida so‘z yuritildi.Novosibirsk davlat universiteti professori Vladislav Kokoulin O‘zbekistonda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga ortib, uning xalqaro darajadagi nufuzi oshib borayotganini ta’kidladi.Ishtirokchilar Sibir federal okrugida Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etishga qiziqish bildirdi.Ma’lumot uchun, bu yil Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochilgan edi. Hozirda Rossiyada ikkita oliy o‘quv yurti o‘zbek tilida kasbiy ta’lim beradi – bular Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO).Shuningdek, Moskva lavlat kingvistika eniversitetida (MDLU) o‘zbek tilini biladigan siyosatshunoslik, tilshunoslik va xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
novosibirsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1306/82/13068267_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_897c3fdcfede35d4209875134ed02913.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
novosibirsk, talabalar, o‘zbek tili, jamiyat
novosibirsk, talabalar, o‘zbek tili, jamiyat
Sibirda o‘zbek tili va madaniyati markazi ochilishi kutilmoqda
Sibir federal okrugida o‘zbek tili va an’analarini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Sibir federal okrugida o‘zbek tili va an’analarini o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini inobatga olib, O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etilishi mumkin. Bu haqida “Dunyo”AA xabar
berdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Unda Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi Sibir bo‘limi, Novosibirsk davlat universiteti vakillari, shuningdek, Novosibirskdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘zbekistonlik talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari haqida so‘z yuritildi.
Novosibirsk davlat universiteti professori Vladislav Kokoulin O‘zbekistonda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga ortib, uning xalqaro darajadagi nufuzi oshib borayotganini ta’kidladi.
Ishtirokchilar Sibir federal okrugida Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Ma’lumot uchun, bu yil Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochilgan edi. Hozirda Rossiyada ikkita oliy o‘quv yurti o‘zbek tilida kasbiy ta’lim beradi – bular Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO).
Shuningdek, Moskva lavlat kingvistika eniversitetida (MDLU) o‘zbek tilini biladigan siyosatshunoslik, tilshunoslik va xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlanadi.