TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida "ICTWeek – 2022” AKT haftaligi doirasida "ICTWeek Uzbekistan 2022" sammiti o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan sammitni ochib berdi.Haftalik doirasida xalqaro forumlar, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning vazirlik va idoralari rahbarlarining yig‘ilishi hamda Aloqa sohasidagi Mintaqaviy Hamdo‘stlik kengashining (ASMH) 28-yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.“ICTEXPO” mamlakat axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi haftalikning asosiy tadbirlaridan biri bo‘ladi.Haftalik 27-oktabrga qadar davom etadi.
Samarqandda AKT haftaligi ish boshladi – tafsilotlar.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida "ICTWeek – 2022” AKT haftaligi doirasida "ICTWeek Uzbekistan 2022" sammiti o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan sammitni ochib berdi.
“Oldinda O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi IT markaziga aylantirish vazifasi turibdi. Bunga esa davlatlar bilan hamkorlik qilish orqaligina erisha olamiz. Bizning oldimizda ham katta maqsad bor – mamlakatning IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish. Buning uchun O‘zbekiston yirik kompaniyalarga mamlakat ichida IT autsorsing imkoniyatlarini ko‘rsatishi kerak. Ishonchim komilki, shunday imkoniyat ham bo‘ladi”, - deydi Sherzod Shermatov.
Haftalik doirasida xalqaro forumlar, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning vazirlik va idoralari rahbarlarining yig‘ilishi hamda Aloqa sohasidagi Mintaqaviy Hamdo‘stlik kengashining (ASMH) 28-yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“ICTEXPO” mamlakat axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi haftalikning asosiy tadbirlaridan biri bo‘ladi.