Samarqandda O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi o‘tkaziladi

© SputnikRossiysko-uzbekskiy obrazovatelniy forum
Rossiysko-uzbekskiy obrazovatelniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Forum yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Samarqandda 26–27-oktabr kunlari O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.
Forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, forum doirasida Mamlakat oliy o‘quv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini O‘zbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya-O‘zbekiston birinchi ta’lim forumi 2018-yil 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi. Forum yakunlari bo‘yicha 130 ga yaqin bitim imzolangandi. 2021-yil 16-17 noyabr kunlari Moskva shahrida Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur forum ikki davlat ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma hisoblanadi.
Oxirgi uch yilda respublikadagi Rossiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari soni 4 tadan 15 taga ko‘paydi. Yana ikkitasi ochilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0