Samarqandda ilk bor MDH PA sessiyasi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi gosudarstv-uchastnikov SNG
Flagi gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasining kun tartibiga kiritilgan tadbirlar haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor 27-28 oktabr kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining (MDH PA) sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Samarqanda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va ekspertlar ishtirok etadi.
25 oktabr kuni o‘tkaziladigan tadbirlar
Sessiyaning asosiy tadbirlari arafasida MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi va Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik Ekspertlar kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
27 oktabr kuni o‘tkaziladigan tadbirlar
Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyalarining majlislari o‘tkaziladi.
Shu kunning o‘zida Hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentlarining yosh a’zolari MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisiga yig‘iladi.
Shuningdek, MDH PA Kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda:
Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi;
2022 yilda o‘tkazilgan tadbirlar yakunlarini sarhisob qiladi;
MDH makonidagi saylov kampaniyalari monitoringi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi.
28 oktabr kuni o‘tkaziladigan tadbirlar
Shu kuni MDH PAning 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Parlament a’zolari saylov mavzusidagi ko‘plab namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan. Shuningdek, deputatlar va senatorlarga bir qator boshqa qonun loyihalari ham taqdim etiladi, ulardan keyinchalik Hamdo‘stlik mamlakatlarining milliy qonunchiligida foydalanish mumkin.
"MDH PA faoliyatining 30-yili davomida 600 dan ortiq hujjatlar ishlab chiqilib, MDH mamlakatlari parlamentlariga taqdim etilgan. MDH PA kuzatuvchilari 150 dan ortiq saylov va referendumlarning monitoringini olib borgan", deydi Hojiakbar To‘laganov.
Ma’lumot uchun, Assambleya ishtirokchi davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston parlament delegatsiyalaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Ostona shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida MDHga ishtirokchi davlatlari Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Maslahat Kengashi MDHga ishtirokchi davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlari doirasida saylov va referendum o‘tkazish tajribasini hisobga olgan holda, ularda saylov jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0