https://oz.sputniknews.uz/20221024/ozgidromet-hafta-davomida-kutilayotgan-ob-havo-haqida-malumot-berdi-29405218.html
O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Hafta davomida mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T14:18+0500
2022-10-24T14:18+0500
2022-10-24T14:18+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/13/29282347_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_476cbf82068905fc436d0441c60a1d4a.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Boshlangan yangi haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonga Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.Mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.Bugun va ertaga ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. 25-oktabr kuni shimoliy hududlarda, 26-oktabr kuni esa respublika hududining katta qismida shamol 15-20 m/s gacha, hatto 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda chang to‘zonlar ham kuzatilishi mumkin.Harorat ushbu kunlarning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 1-2 darajaga past bo‘ladi va kechalari harorat +5…+8 daraja, kunduzi esa +12…+15 darajani tashkil qiladi. 25-oktabrda ba’zi joylarda havo harorati +17...+20 daraja bo‘ladi.Ish haftasining oxiriga kelib, respublika hududi bo‘yicha nisbatan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa +14…+19 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/13/29282347_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f5a2308efee929cea80f4de59c697ae4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
Hafta davomida mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Boshlangan yangi haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonga Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet
xabar bermoqda. Mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Bugun va ertaga ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. 25-oktabr kuni shimoliy hududlarda, 26-oktabr kuni esa respublika hududining katta qismida shamol 15-20 m/s gacha, hatto 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda chang to‘zonlar ham kuzatilishi mumkin.
Harorat ushbu kunlarning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 1-2 darajaga past bo‘ladi va kechalari harorat +5…+8 daraja, kunduzi esa +12…+15 darajani tashkil qiladi. 25-oktabrda ba’zi joylarda havo harorati +17...+20 daraja bo‘ladi.
Ish haftasining oxiriga kelib, respublika hududi bo‘yicha nisbatan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa +14…+19 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi.