O‘zbekiston va Rossiyaning bir-biriga taklif qiladigan narsalari ko‘p – Manturov

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Ikki davlat hukumatlararo komissiyasining hamraisi Denis Manturov ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkentda 23-oktabr kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan qanday mavzular o‘rin olgani va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik qanday rivojlanishi borasida komissiya hamraisi, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi.
- O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishida nimalar muhokama qilindi?
- Hukumatlararo komissiya sessiyasining kun tartibi keng, u ikki tomonlama hamkorlik masalalarining katta qismini qamrab oladi: savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligi, energetika, transport, moliya va bank sektori, madaniyat, ta’lim va turizm.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sherikchilik jadal rivojlanmoqda, shu bois muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan mavzular talaygina. Bu ijobiy sur’atni Rossiya-O‘zbekiston savdo-sotiq statistikasi ham aks ettirmoqda: bizning bojxona organlarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra Rossiya-O‘zbekiston savdosi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 37 foizga 5,3 milliard dollargacha oshgan.
- O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘tgan yilgi hukumatlararo komissiyaning 22-yig‘ilishidan buyon sanksiyalar, import o‘rnini bosish va hokazolar nuqtayi nazaridan qanday o‘zgardi? Agar ikki mamlakatning qo‘shma tashabbuslari haqida gapiradigan bo‘lsak, hozir qanday loyihalar eng istiqbolli?
- Sir emas, Rossiya bu yil misli ko‘rilmagan tashqi bosimga duch keldi. Bu vaziyatda biz diqqatimizni do‘st mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratdik. Birgalikdagi sa’y-harakatlar investitsiya, infratuzilma, sanoat loyihalaridagi koorperatsiyalarni rivojlashtirish, muqobil logistik kanallarni yaratishga qaratilgan. Biz bu ishni, jumladan, yangi tashqi sotish bozorlarini topish maqsadida olib boramiz, chunki noxomashyo eskportini rivojlantirish vazifasini biz kun tartibidan olmaymiz.
Va albatta, biz Toshkent bilan strategik sherikchilikdan manfaatdormiz – uni ham texnologiya alyansi, ham sanoat va savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan iqtisodiy maydon sifatida ko‘ramiz.
Kompetensiya, sanoat salohiyati va boshqa omillar nuqtayi nazaridan bizning bir-birimizga taklif qiladigan narsalarimiz bor. Mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining azaldan aloqalari bor, shu bois Rossiya-O‘zbekiston sherikchiligi hamisha harakat ikki tomonlama bo‘lgan ko‘cha bo‘ladi.
Hukumatlararo komissiyamiz tarkibida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 12 ta kichik komissiya ishlaydi. Ular hamraislari – Rossiya va O‘zbekiston vazirliklari va idoralari rahbarlari – ularga biriktirilgan sohalardagi aniq loyihalar ustidagi ishlarni muvofiqlashtirishadi.
Agar sanoat kooperatsiyasining aniq dolzarb misollari haqida gapiradigan bo‘lsak, joriy yilda rossiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar “O‘zavtosanoat” korxonasidan ayrim avtomobil qismlarini xarid qilishni boshlashdi. Farmatsevtika sanoati sohasida birdaniga bir nechta loyihalar ustida ish olib borilmoqda: Rossiyaning “Gerofarm” va “Farmasintez” kabi kompaniyalari o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston hududida mahallashtirishga qiziqish bildirishmoqda, istiqbolda esa tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatini kengashtirish rejalari bor.
Hukumatlararo komissiyamiz faoliyatining boshqa sohalardagi loyihalari xususida bir-ikki og‘iz so‘z. Energetika sohasida shuni ta’kidlash kerakki, Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi “O‘zatom” bilan O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurish masalasi yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Suffa platosida O‘zbekistonda xalqaro radioastronomik observatoriyasini yaratish ustida ish olib borapmiz. Loyiha Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo bitimi asosida amalga oshirilmoqda va mamlakatlarimizning ilmiy birlashmalar sohasidagi hamkorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
- “Agroekspress” loyihasi qanday rivojlanadi, qaysi yangi ishtirokchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda?
- O‘zbekiston “Agroekspress” pilot loyihasini amalga oshirish uchun birinchi mamlakat bo‘ldi. Ma’lumki, bu loyiha tezlashtirilgan konteyner poyezdlari yordamida oziq-ovqat mahsulotlarini YeOIIga a’zo mamlakatlardan O‘zbekistonga, va u yerdan YeOIIga mamlakatlariga yetkazib berishdagi logistikani soddalashtirish va arzonlashtirishni nazarda tutadi. Servis yo‘nalishlar ro‘yxati kengaytirilishi va refrijerator konteynerlar va fleksitanklardan foydalanish hisobiga doimo takomillashib bormoqda.
Sherikchilik munosabatlarimiz sababli biz bu loyihani aynan O‘zbekiston Respublikasi bilan boshladik, birinchi tovarlarni tashish 2021-yil oxirida amalga oshirildi. Bu yil mobaynida allaqachon 200 ming tonna tovar tashildi. Bular asosan o‘simlik yog‘i, margarin va qaylalar, ichimlik, shokolad mahsulotlari, sut mahsulotlari, dukkakli ekinlar (loviya, no‘xat va h.), go‘sht. 2030-yilga kelib loyiha doirasida yillik yetkazib berishni 1 million tonnaga yetkazishni mo‘ljallayapmiz.
- O‘zbekiston sanoat va innovatsiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan klasterlar tizimini rivojlantirmoqda. Bu klasterlardan qaysi biri Rossiya uchun ko‘proq qiziq?
- Avvalo “Chirchiq” kimyo-industrial parkini qayd etish joiz, u joriy yilning mart oyida ochildi. Bu yirik Rossiya-O‘zbekiston koorperatsiya loyihasi, bu tashabbusni 2018-yildan buyon ishlab chiqardik. Infratuzilmanini yaratishga allaqachon 18 million dollar sarmoya kiritilgan, keyin bu summa yana ko‘paytiriladi – 33 million dollargacha.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad Rossiya kompetensiyalarini xorijga eksport qilish – gap avvalo bizning sanoat korxonalari va sanoat zonalarini boshqarish sohasidagi tajribamiz haqida bormoqda. Rossiya tomonidan “Chirchiq” loyihasining hamkori Qozondagi “Ximgrad” texnopolisi bo‘lgani tasodif emas – uning tajribasi loyiha asosi bo‘lgan.
Shubhasiz, loyiha doirasida biz xorijda zamonaviy Rossiya ishlab chiqarishlarini mahalliylashtirish vazifasini ham hal qilamiz - yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika zanjirini yaratish hamda mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish.
Bugungi kunda 12 ta korxona allaqachon texnopark rezidenti maqomini olgan. Bu turli kimyo mahsulotlari, jumladan, polimer, polipropilen, ekinlarni himoya qilish vositalari, salomatlik va go‘zallik sohasidagi tovarlar va hokazolarni ishlab chiqaruvchilar. Bu korxonalarning umumiy investitsiya hajmi 30 million dollarni tashkil etishini rejalashtirapmiz. Albatta, bu raqam yangi rezidentlar kelishi bilan o‘sib boradi.
Shuningdek, biz yengil sanoat klasterini yaratish ustida ish olib borapmiz. Xususan, 2017-yilda Rossiyaning “Galteks” kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda “Mironov and Bubnov Invest” yigirilgan paxta ipini ishlab chiqarish korxonasini mahalliylashtirdi. Korxona o‘z faoliyatini yanada rivojlantirmoqchi – uning doirasida mahalliy fermerlardan keyin yigirilgan ip yoki mato ishlab chiqarish uchun paxta xom ashyosi xarid qilinadigan ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish.
Yangiliklar lentasi
0