https://oz.sputniknews.uz/20221024/ozbekiston-va-rossiya-savdo-hamkorligining-kelgusi-rejalarini-belgilab-oldi-29397966.html
O‘zbekiston va Rossiya savdo hamkorligining kelgusi rejalarini belgilab oldi
O‘zbekiston va Rossiya savdo hamkorligining kelgusi rejalarini belgilab oldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T11:52+0500
2022-10-24T11:52+0500
2023-04-05T18:40+0500
iqtisod
o‘zbekiston
savdo
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
investitsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29398215_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_736e7817562d10a4ad09d3b9eed71f29.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamraislik qildi.Kun tartibi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.Ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasining hududlar va tarmoqlar kesimidagi joriy holati ko‘rib chiqildi.Quyidagi sohalarda yangi loyihalar ishlab chiqish va amaldagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi:Kun tartibidagi yana bir muhim yo‘nalish hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘ldi. Aytilishicha, oldindan tasdiqlangan rejalar asosida ikki davlatning qator hududlaridan delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari tashkil qilingan.Bu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida, muntazam onlayn muzokaralar tashkil etish orqali yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishildi.Ma’lumot uchun, Rossiyaning “MetProm” guruhi allaqachon yiliga 500 ming tonna metall buyumlar ishlab chiqarish quvvatiga ega “ToshMetZavod”ni qurish loyihasini amalga oshirgan.O‘zbekistonda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamkorlikning nisbatan yangi yo‘nalishi hisoblanib, shu yilning mart oyida ochilgan "Chirchiq" sanoat parki shunday platformalardan birinchisi bo‘ldi. Rezidentlar orasida ikki davlatning 12 ta kimyo sanoati korxonasi mavjud.Shuningdek, “Rosgeo” Orol dengizi va unga tutash hududlarda keng ko‘lamli qidiruv ishlarini olib bordi. Olingan natijalar mintaqada yirik, asosan, gaz konlarini topish imkoniyatidan dalolat beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29398215_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_848128e45d12c025c1713ac49112b19e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, savdo, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, investitsiya, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, savdo, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, investitsiya, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya savdo hamkorligining kelgusi rejalarini belgilab oldi
11:52 24.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar
berdi. Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamraislik qildi.
Kun tartibi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
“Tadbirda keyingi yillarda ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgan o‘zaro savdoni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi. Mutasaddi rahbarlarga ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va uning hajmini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi”, - deyiladi xabarda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasining hududlar va tarmoqlar kesimidagi joriy holati ko‘rib chiqildi.
Quyidagi sohalarda yangi loyihalar ishlab chiqish va amaldagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi:
Neft-kimyo, tog‘-kon metallurgiya;
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika;
Qurilish materiallari ishlab chiqarish;
Yengil sanoat, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash.
Kun tartibidagi yana bir muhim yo‘nalish hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘ldi. Aytilishicha, oldindan tasdiqlangan rejalar asosida ikki davlatning qator hududlaridan delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari tashkil qilingan.
Bu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida, muntazam onlayn muzokaralar tashkil etish orqali yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning “MetProm” guruhi allaqachon yiliga 500 ming tonna metall buyumlar ishlab chiqarish quvvatiga ega “ToshMetZavod”ni qurish loyihasini amalga oshirgan.
O‘zbekistonda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamkorlikning nisbatan yangi yo‘nalishi hisoblanib, shu yilning mart oyida ochilgan "Chirchiq" sanoat parki shunday platformalardan birinchisi bo‘ldi. Rezidentlar orasida ikki davlatning 12 ta kimyo sanoati korxonasi mavjud.
Shuningdek, “Rosgeo” Orol dengizi va unga tutash hududlarda keng ko‘lamli qidiruv ishlarini olib bordi. Olingan natijalar mintaqada yirik, asosan, gaz konlarini topish imkoniyatidan dalolat beradi.