https://oz.sputniknews.uz/20221024/ozbekiston-va-rossiya-etakchi-korxonalari-ortasidagi-amaliy-sheriklik-kengaytiriladi-29410147.html
O‘zbekiston va Rossiya yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklik kengaytiriladi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklik kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Denis Manturov bilan O‘zaro savdo hajmini yanada oshirishn muhokama qildi. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T15:39+0500
2022-10-24T15:39+0500
2023-04-05T18:40+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29403330_0:85:1280:806_1920x0_80_0_0_4aac8bef491a3004a995d71a7a6719e9.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dastur tayyorlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilganO‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.Avvalroq Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama hamkorligining hozirgi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zlab bergani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/18/29403330_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_63d1b3a77925ad4ed296ee6796e7dc99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklik kengaytiriladi
15:39 24.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Prezident Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Denis Manturov bilan O‘zaro savdo hajmini yanada oshirishn muhokama qildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dastur tayyorlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, uchrashuvda komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan
O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning
23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.
Avvalroq Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama hamkorligining hozirgi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zlab bergani
xabar qilingan edi.