https://oz.sputniknews.uz/20221024/nodavlat-professional-talim-litsenziyasini-olish-talablari-soddalashtirildi-29408499.html
Nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi
Nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat mulki obyektlarini ijaraga olish, litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi. 24.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-24T16:33+0500
2022-10-24T16:33+0500
2022-10-24T16:33+0500
jamiyat
yangi qaror
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_f48e34b6986bd8f2564e145ff4e57553.jpg
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5-yildan 10-yilgacha uzaytirildi.Hukumatning 612-sonli qarori bilan nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi.Hujjatga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.Ma’lumot uchun, prezidentning PQ-5161-sonli qaroriga asosan, 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari ijara to‘lovidan ozod etilgan.Mazkur hujjatda ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.Hukumatning 466-sonli qaroriga muvofiq, professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra guruhlarni to‘ldirish kamida 12 nafar va eng ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun professional ta’lim muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda o‘qitishga ruxsat etiladi.Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi. Ushbu diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_e64eaec3171f4d078d212c9ba6c11b99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, ta’lim
jamiyat, yangi qaror, ta’lim
Nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi
Davlat mulki obyektlarini ijaraga olish, litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5-yildan 10-yilgacha
uzaytirildi. Hukumatning 612-sonli qarori bilan nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.
Ma’lumot uchun, prezidentning PQ-5161-sonli qaroriga asosan, 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari ijara to‘lovidan ozod etilgan.
Mazkur hujjatda ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilab
qo‘yilgan.Hukumatning 466-sonli qaroriga muvofiq, professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra guruhlarni to‘ldirish kamida 12 nafar va eng ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun professional ta’lim muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda o‘qitishga ruxsat etiladi.
Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi. Ushbu diplom olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini
beradi.