Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Rossiyani ayblash uchun yadroviy qurol portlatmoqchi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Aleksey KudenkoBrifing ministerstva oboroni RF po biologicheskomu orujiyu
Brifing ministerstva oboroni RF po biologicheskomu orujiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, provokatsiyadan maqsad Rossiyani ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llaganlikda ayblash va shu orqali dunyoda Moskvaga bo‘lgan ishonchga putur yetkazish maqsadida kuchli Rossiyaga qarshi kampaniya boshlashdir.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Kiyev rejimi Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llaganlikda ayblash uchun kam quvvatli yadroviy qurolni portlatmoqchi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov ma’lum qildi.

“Rossiya Mudofaa vazirligida Kiyev rejimi kam quvvatli yadroviy qurol deb ataladigan narsani portlatish bilan bog‘liq provokatsiyani rejalashtirayotgani haqida ma’lumot bor. Provokatsiyadan maqsad Rossiyani ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llaganlikda ayblash va shu orqali dunyoda Moskvaga bo‘lgan ishonchga putur yetkazish maqsadida kuchli Rossiyaga qarshi kampaniya boshlashdir”, - dedi u.

Kirillovning eslatishicha, 19-fevral kuni Munxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning yadroviy maqomini tiklash niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

“Shuningdek, alohida ta’kidlash joizki, maxsus harbiy operatsiya davomida Zelenskiy bir necha bor NATO davlatlarini Rossiya Federatsiyasiga zarba berishga chaqirgan”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh, Fransiya va Turkiyadagi hamkasblariga Kiyev tomonining “bomba”dan foydalanish ehtimolidan xavotir bildirgan edi.

Mavzuga oid:

Volodin Bayden va YeI davlatlari rahbarlarini yadroviy terrorizmning sheriklari deb atadi
Kiyev rejimi Ukrainada katta provokatsiyani uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV
Yangiliklar lentasi
0