Issiqxonalar muqobil yoqilg‘i ta’minotiga ega bo‘lishi kerak - Energetika vazirligi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishVirashivanie ogursov
Virashivanie ogursov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Energetika vazirligi tadbirkorlarga kuz-qish mavsumida muqobil yoqilg‘i manbalariga o‘tish bo‘yicha tuzilgan shartnoma haqida eslatib o‘tdi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi issiqxonalar muqobil yoqilg‘i ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, issiqxonalar bilan tuzilgan shartnomalarda kuz-qish mavsumida muqobil yoqilg‘i manbalariga o‘tish nazarda tutilgan.
Issiqxonalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun mavsumiy gaz cheklovlari va uni iste’mol qilish hajmining o‘sishi tufayli muqobil yoqilg‘i manbalariga o‘tadi.
Birinchi navbatda quyidagilar tabiiy gaz bilan ta’minlanadi:
Aholi;
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar;
Mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan issiqlik elektr stansiyalari.
Ta’kidlanishicha, issiqxona xo‘jaliklarida ko‘mir kabi muqobil yoqilg‘ining mavjudligi va ulardan foydalanishning ahamiyati ortib bormoqda.

“Ekin turi va maydoni (1 gektar uchun), mahsulot yetishtirish texnologiyasi (gidroponika) hamda tabiiy sharoiti bir xil bo‘lgan hududdagi issiqhona xo‘jaligida mavsum davomida pomidor mahsulotini yetishtirish uchun umumiy sarf harajatlar tahlil etildi. Unga ko‘ra, ko‘mir yoqilg‘isida mahsulot yetishtirish tabiiy gazga nisbatan 33 foizga arzon tushgan”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mavsum davomida 220 mln so‘mgacha qo‘shimga daromad keltirish imkoniyati yuzaga kelishi kuzatilgan.

“Bu harakatlar nafaqat mamlakatning qimmatbaho tabiiy resurslardan samarali foydalanishni amalga oshirish, balki tadbirkorlar uchun ham bevosita manfaatlidir, chunki qayta tiklanmaydigan resurs hisoblangan tabiiy gazning xarajatlari oshib boradi”, - deyiladi xabarda.

Vazirlik o‘z xabarida tabiiy gaz yetkazib berishda kutilmagan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda faqat zaxira yoqilg‘i turidan foydalanish tadbirkorga yetishtirilgan mahsulotni asrash imkonini berishini eslatib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0