Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati ma’muriyati front chizig‘i mustahkamlanganini ma’lum qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishStela goroda Xerson.
Stela goroda Xerson. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
Front chizig‘i qishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ra boshladi, deydi Stremousov.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xerson viloyatidagi front chizig‘i odamlar, qurol-yarog‘ va texnika bilan mustahkamlanmoqda. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Front chizig‘i qishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Front barqarorlashdi. Odamlar, qurol-yarog‘ va texnika bilan aloqa chizig‘ini mustahkamlash davom etmoqda”, - deb yozdi Stremousov o‘zining Telegram kanalida.

Avvalroq Xerson hukumati aholini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, oktabr oyi boshida Ukraina qo‘shinlari Xerson viloyatining shimoliy qismidagi aholi punktlarini egallashga urinib, qarshi hujumga o‘tdi. Rasmiylar ularning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilingani haqida xabar berdi. Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda katta yo‘qotishlarga duch kelgan.
Yangiliklar lentasi
0