Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasining bosh kotibi etib saylandi

© AP Photo / Andy WongSi Szinpin
Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
Si Szinpin, shuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Harbiy kengashi raisi lavozimini egalladi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 20-syezdi Si Szinpinni uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta sayladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan Markaziy qo‘mita qaroriga tayanib xabar berilgan.
Si Szinpin, shuningdek, ketma-ket uchinchi marta Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Harbiy kengashi raisi lavozimini egalladi.
Kecha, 22-oktabr kuni Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasining an’anaviy tarzda har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan 20-syezdi yakunlandi, unda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi va Intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiyaning yangi tarkibi saylandi.
Yangiliklar lentasi
0