Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu Fransiya va Turkiyaga Kiyevning ehtimoliy provokatsiyasidan xavotir bildirdi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
Shoygu Fransiya mudofaa vaziri bilan suhbatda nazoratsiz keskinlashuv tendensiyasiga ega bo‘lgan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Fransiya va Turkiyadagi hamkasblariga Kiyevning kam quvvatli yadroviy o‘q-dorilardan foydalanishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalaridan xavotirini bildirdi.
Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu bilan suhbatda tomonlar nazoratsiz keskinlashuv tendensiyasiga ega bo‘lgan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, “Shoygu fransiyalik hamkasbiga Ukraina tomonidan kam quvvatli yadroviy o‘q-dorilardan foydalanish mumkin bo‘lgan provokatsiyalar bo‘yicha xavotirlarini yetkazgan.
Keyinroq Rossiya mudofaa vaziri turkiyalik hamkasbi Hulusi Akar bilan telefon orqali gaplashgan. Shoygu unga ham Kiyevdan ehtimoliy provokatsiyalar haqidagi xavotirlarini bayon qilgan.
RIA Novosti manbalarining ma’lum qilishicha, Kiyev rasmiylari Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llaganlikda ayblash uchun Ukraina hududida kam quvvatli yadroviy qurol bilan provokatsiya uyushtirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0