Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS).
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini Xitoy Kommunistik partiyasining Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va u partiyaning Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Mirziyoyev Si Szinpin tomonidan e’lon qilingan yangi rejalar va olg‘a surilgan barcha tashabbuslar Xitoy davlatining gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shishi va uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishiga ishonch bildirgan.
Bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkoriga aylangani, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etilgan.
“Siz, aziz birodarim bilan bundan keyin ham do‘stona va ochiq muloqotlarni davom ettirishga tayyorligimni bildiraman. Ishonchim komilki, kelajakda O‘zbekiston-Xitoy o‘zaro manfaatli aloqalarini birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yanada yuqori cho‘qqilarga albatta olib chiqamiz”, - deyiladi maktubda.
O‘zbekiston rahbari Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik va davomiy ravnaq tilagan.
Avvalroq Si Szinpinni uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0