O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro maxfiy axborot almashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Tadjikistana
Flagi Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida maxfiy axborotni o‘zaro almashish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan O‘zbekistonhukumati bilan Tojikiston hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni o‘zaro almashish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Bu xalqaro shartnoma 2022-yil 2-iyun kuni Tojikiston rahbari Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkentda imzolangandi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilangan.
Endi Tashqi ishlar vazirligi bu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bulgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi va uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Tojikiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirligi va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0