https://oz.sputniknews.uz/20221023/ozbekiston-eoii-doirasidagi-energetika-loyihalariga-qiziqish-bildirmoqda--aripov-29381848.html
O‘zbekiston YeOII doirasidagi energetika loyihalariga qiziqish bildirmoqda – Aripov
O‘zbekiston YeOII doirasidagi energetika loyihalariga qiziqish bildirmoqda – Aripov
Sputnik O‘zbekiston
Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan. 23.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-23T11:51+0500
2022-10-23T11:51+0500
2022-10-23T11:51+0500
siyosat
abdulla aripov
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354337_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_93aa06bbeaab3ab3ac235479627b5f71.jpg
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juma kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida respublika YeOII davlatlari bilan “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan.Aripov, shuningdek, oziq-ovqat loyihalarini ilgari surish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “savdo siyosati choralarini qo‘llamagan holda” o‘zaro yetkazib berish muhimligini ta’kidladi.O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon respublikaning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 41 foizga oshgan. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi ittifoq hissasiga to‘g‘ri keladi.YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354337_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4a0b908d4ae7870e7da473a123544b9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, abdulla aripov, yeoii
siyosat, abdulla aripov, yeoii
O‘zbekiston YeOII doirasidagi energetika loyihalariga qiziqish bildirmoqda – Aripov
Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan.
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juma kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida respublika YeOII davlatlari bilan “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum
qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan.
Aripov, shuningdek, oziq-ovqat loyihalarini ilgari surish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “savdo siyosati choralarini qo‘llamagan holda” o‘zaro yetkazib berish muhimligini ta’kidladi.
“Shu bilan birga, hozirgi global chaqiriq va xatarlarni hisobga olgan holda, mamlakatlarimiz o‘rtasida va ko‘p tomonlama formatda birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va samaradorlikni oshirishga bo‘lgan talab ortib bormoqda”, - dedi u.
O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon respublikaning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 41 foizga oshgan. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi ittifoq hissasiga to‘g‘ri keladi.
YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.