Mahmud Murodov braziliyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi

© Sosseti / Makhmud MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik jangchi UFC jangchisi navbatdagi jangida Braziliya vakili Kayo Borraloga mag‘lub bo‘ldi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. BAAning Abu-Dabi shahrida UFC 280 musobaqasi doirasida o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov mag‘lubiyatga uchradi.
Janda Braziliya vakili Kayo Borralo Murodovga raqiblik qildi. Jangning dastlabki raundi teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi raundda Murodov faolroq harakat qildi. Biroq uchinchi raundda Borralo ustunlikni qo‘lga oldi va zafar quchdi.
Shu tariqa Murodov UFC’dagi beshinchi jangida mag‘lubiyatga uchradi va bu uning ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi
Rossiyalik Islom Maxachev esa braziyalik raqibi Charlz Oliveyrani muddatidan avval mag‘lub etib, UFC᾽ning yengil vazn toifasidagi yangi chempioniga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0