Kiyev rejimi Ukrainada katta provokatsiyani uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – OAV

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishZnak na dveri kabineta "Rentgen"
Znak na dveri kabineta Rentgen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2022
Obuna bo‘lish
RIA Novosti manbalariga tayanib, Kiyev rejimi kam quvvatli yadroviy o‘q-dorilardan foydalangan holda provokatsiya uyushtirishga hozirlik ko‘rayotganini xabar qildi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Kiyev rejimi Ukraina hududida kam quvvatli yadroviy o‘q-dorilardan foydalangan holda provokatsiya uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda RIA Novosti bir nechta mamlakatlardagi, jumladan, Ukrainadagi manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, provokatsiyaning maqsadi – Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llashda ayblash va bu bilan dunyoda Rossiyaga qarshi kuchli kampaniyani boshlash.
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev g‘arblik kuratorlar rahbarligi ostida allaqachon bu rejani amalga oshirishga kirishgan. Joltie Vodi shahrida joylashgan (Dnepropetrovsk viloyati) Sharqiy tog‘-boyitish kombinati hamda Kiyev yadro tadqiqotlari instituti rahbariyati oldiga zarur snaradni tayyorlash vazifasi qo‘yilgan. Uning ustida olib borilayotgan ishlar yakunlanish arafasida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z ma’muriyati xodimlariga Buyuk Britaniya vakillari bilan Kiyevga yadro qurolining tarkibiy qismlarini ehtimoliy berish masalasi yuzasidan maxfiy muloqot olib borishni topshirgan.
Provokatsiya tashabbuskorlari u amalga oshirilgan taqdirda dunyo hamjamiyati bu voqeaga keskin munosabat bildirishiga, Moskva asosiy hamkorlarining yordamidan bebahra qolishiga, G‘arbning esa yana Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi maqomidan mahrum qilish masalasini ko‘tarishga imkoniyati tug‘ilishiga umid qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0