Yevropadagi Rus uylari mahalliy aholi uchun isinish joylarini ochmoqda

Obuna bo‘lish
Gaz va elektr energiyasi narxi yuqori bo‘lib qolayotgan paytda Yevropadagi Rossiya madaniyat markazlari isinish punktlari sifatida ishlaydi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik.Xorijdagi Rossotrudnichestvo vakolatxonalari (Rus uylari) yevropaliklar uchun isinish joyi sifatida ochiladi.
“Yevropa poytaxtlaridagi Rus uylari va madaniyat markazlari bugungi kundan boshlab barcha uchun o‘z eshiklarini ochmoqda. Gaz va elektr energiyasi narxi yuqori bo‘lib qolayotgan paytda markazlar isinish punktlari sifatida ishlaydi”, - deyiladi Rossotrudnichestvoning Telegram kanalidagi xabarida.
“Rossiyadan iliqlik ila” aksiyasi doirasida sovqotgan yevropaliklar issiq choy ichishlari, telefonlarini quvvatlab olishlari mumkin, bolajonlarga multfilmlar ko‘rsatiladi.
“Rus uylarining insonparvarlik aksiyasi bizning an’anaviy mehmondo‘stligimizni namoyish etmog‘i zarur”, - deya ma’lum qilgan Rossotrudnichestvo RIA Novostiga.
Ta’kidlanishicha, Finlyandiya va Lyuksemburg aholisi allaqachon isinish uchun Rus uylariga kelishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0