Yilning eng yaxshi tarbiyachilari qanday aniqlandi?

© SputnikKak nagradili luchshix vospitateley DOU
Kak nagradili luchshix vospitateley DOU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Obuna bo‘lish
Respublikada maktabgacha ta’lim tili 7 ta bo‘lib, mazkur tanlovda o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, ingliz tillarida tarbiyachilar ishtirok etishgan.
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Toshkentda 21-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik mux’biri.
© SputnikKak nagradili luchshix vospitateley DOU
Kak nagradili luchshix vospitateley DOU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Kak nagradili luchshix vospitateley DOU
Ushbu tanlovda respublikaning 14 tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jami 70 nafar ishtirokchi o‘rtasida eng yaxshi tarbiyachilar saralab olindi.
“Biz barcha ishtirokchilarni 3 mezon asosida baholadik, ya’ni tarbiyachilarning ilmiy va metodik qo‘llanmalari, qo‘l va amaliy mehnat ishlanmalari hamda tarbiyachining bir kunlik faoliyati aks etgan videoroliklar ko‘rib chiqildi”, deydi hakamlar hay’ati a’zosi, mutaxassis Noroy Soatova.
Respublikada ta’lim tili 7 ta bo‘lib, mazkur tanlovda o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, ingliz tillarida tarbiyachilar ishtirok etishgan.
“So‘nggi yillar maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor berilmoqda. “Ilk qadam” davlat dasturi qabul qilindi, shaffoflikni ta’minlash maqsadida face ID elektron tizimi joriy etildi. Tanlovda ishtirok etgan tarbiyachilarning elektron portfoliosida innovatsiyalarni o‘zlashtirilganligiga ham e’tibor berildi”, deydi mutaxassis.
Tanlov g‘oliblari kelgusida imtiyozli ravishda respublikaning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bor OTMlariga imtihonsiz o‘qishga kirishadi. Shuningdek pul mukofotlari va sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.
© SputnikKak nagradili luchshix vospitateley DOU
Kak nagradili luchshix vospitateley DOU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Kak nagradili luchshix vospitateley DOU
Yangiliklar lentasi
0