Portlash oqibatida qurbonlar va og‘ir jarohatlanganlar yo‘q - Mudofaa vazirligi

© MO UzbekistanaSklad Minoboronq v Sqrdarinskoy oblasti
Sklad Minoboronq v Sqrdarinskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda mutaxassislar atrofdagi mahallalarda aholi mulkiga yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomnidan o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Bugun tongda Sirdaryo viloyati Malik aholi punktida sodir bo‘lgan portlash oqibatida qurbonlar va og‘ir jarohatlanganlar yo‘q. Bu haqida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar qilmoqda.
"Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism omborida sodir bo‘lgan yakka tartibda portlash bo‘yicha harbiy mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar hamda og‘ir jarohat olganlar yo‘q. Portlash oqibatida harbiy qism atrofdagi ayrim mahallalardagi yengil konstruksiyalar, oynalarga shikast yetgan, - deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda, harbiy qism atrofida joylashgan mahallalar qamrab olinib, yetkazilgan zararni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, harbiy qismdagi o‘q-dori zaxirasi xavfsizlik talablariga javob beradigan, Davlat standartlariga mos ravishda, zamonaviy maxsus omborlarda saqlanmoqda. Ularning xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.
Yangiliklar lentasi
0