O‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi ilk bor medal qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaChempionat mira po strelkovomu sportu.
Chempionat mira po strelkovomu sportu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sportchilari Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonovlar 10metrda pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzishda kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Ayni kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ilk bor medal qo‘lga kiritishdi, deb xabar qilmoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.
Kecha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahsda qatnashgan yigitlar kumush medalni qo‘lga kiritishdi, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston sportchilari Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonov hal qiluvchi bahsda hindistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Hindiston jamoasi 16:8 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medallarni rasmiylashtirdi.
Yangiliklar lentasi
0