Maxsus operatsiya: 22-oktabrning asosiy xabarlari
19:10 22.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023)
© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVoyennaya podgotovka mobilizovannix v Krasnodarskom krae
© Sputnik / Vitaliy Timkiv
/ Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari kun davomida front chizig‘ining bir necha yo‘nalishlarida hujumga o‘tishdi. Barcha hujumlar qatyrildi, dushman talofatlar bilan o‘z pozitsiyalariga qaytishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududida olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari hisoboti:
Xarkov shahridagi "Kommunarka" mudofaa korxonasiga yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida berigan zarbalar natijsida ushbu korxonada ishlab chiqarilgan Ukrainaning "Neptun" kemaga qarshi raketalari uchun jangovar kallaklar yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishi, LXRning Kuzemovka aholi punktiyaqinida Ukraina QKlari muvaffaqiyatsiz hujum operatsiyasini amalga oshirdi. Hujumni qaytarish vaqtida dushmnning 20 dan ortiq askari, bitta tanki, bitta bronetransportorni va uchta avtomashinasi yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida dushman LXRning Novovodanoe, Chervonopololvka aholi punkti yaqinida ikkita kuchaytirilgan rota va batalon taktik guruhlari igacha bo‘lgan kuchlar bilan hujum qilishga urindi. Dushman hujumlari qaytariladi, 80 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina va beshta pikap yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Ukraina QKlari ikki rota taktik guruhlar yordamida DXRning Solonaya Balka va Vremevskiy yo‘nalishida rus qo‘shinlarining pozitsiyalariga hujum qildi. Dushman hujumi artilleriya o‘qlari bilan tarqatib yuborildi, uning yo‘qotishlari 25 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta piyoda jangovar mashinasi va ikkita harbiy texnikani tashkil etdi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida dushman ikkita batalon taktik guruhi bilan Xerson viloyatining Patixatki, Suxanovo, Sablukovka, Bezvodnoe, Bruskinskoe va Pravdino aholi punktlari yo‘nalishida mudofaani yorib o‘tishga harakat qildi. Hujumlar qaytariladi, dushman o‘z pozitsiyasiga qaytarildi. Janglar natijasida 130 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita tank, to‘qqizta zirhli jangovar mashina, 13 ta mashina yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasining zarbalari Ukraina Qurolli Kuchlarining Xarkov viloyati Kupansk aholi punkti va Zaporoje shahri hududidagi uchta qo‘mondonlik punktiga, shuningdek, 72 ta artilleriya bo‘linmalari 183 ta tumanda o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga, DXRning Torskoe aholi punkti yaqinida ikkita qurol va harbiy texnika omboriga, Zaporojye shahri yaqinidagi "Dnepr" birlashgan qo‘shinlar guruhining moddiy-texnik bazasi, shuningdek, uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Dnepropetrovsk viloyatining Alekseevka posolkasi hududida Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining birlashgan guruhi harbiy texnikasi uchun 56 ming tonna dizel yoqilg‘isi saqlanadigan neft ombori vayron qilingan.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi Nikolayev viloyati Peremoga qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida LXRning Novonikanorivka, Donesk Xalq Respublikasining Zeleniy Gay, Vladimirovka va Nikolskoe, shuningdek, Xerson viloyatining Taginka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning oltita uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirildi.
Xerson viloyatining Antonovka, Olgovka, Dmitrenko, Novaya Kaxovka, LXRning Irmino, Popasnaya, Novonikolskoe aholi punktlari hududlarida HIMARS, "Olxa" va "Smerch" raketa tizimlarining 24 ta snaradlari tutib olindi. LXR va Xerson viloyatining Antonovka va Chernobayevka aholi punktlari hududida Amerikaning uchta "HARM" radarga qarshi raketalari tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Quroli kuchlarining jami 325 ta samolyoti, 162 ta vertoloti, 2308 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa majmuasi, 5967 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 874 ta ko‘p sonli raketa-tashuvchi jangovar texnika, 3516 ta qurolli qurol. va minomotlar, shuningdek, 6709 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.