https://oz.sputniknews.uz/20221022/eron-oz-fuqarolaridan-ukrainani-tark-etishni-soradi-29353529.html
Eron o‘z fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi
Eron o‘z fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Eron hukumati fuqarolarini Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga chaqirdi. 22.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-22T12:31+0500
2022-10-22T12:31+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
eron
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26167542_0:201:2929:1848_1920x0_80_0_0_10def2ef7f24ce86bc2d908ea9e5fb72.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga yaqin kelajakda Ukrainaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Shu bilan birga, hukumat fuqarolarni xotirjam bo‘lishga chaqirib zarurat tig‘ulganda Eronning Kiyevdagi elchixonasiga murojaat qilish kerakligini bildirdi.Avvalroq, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklardan Ukrainani tark etishni so‘ragan edi. Shuningdek, qator davlatlar, jumladan, Qozog‘iston, AQSh, Xitoy ham o‘z fuqarolarini vaziyat iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga hamda mamlakatni tark etishga chaqirgan edi.Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu hodisani terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi.Shundan so‘ng 10-oktabr kuni Ukrainaning bir necha shaharlarida infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi. Putin Ukraina hududidagi bunday obyektlarga ommaviy zarba Kiyev rejimining jinoyatlariga javob tariqasida berilganini ma’lum qildi va agar Ukraina hukumati Rossiya hududida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlarini davom ettirsa, Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishidan ogohlantirdi.
ukraina
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26167542_98:0:2829:2048_1920x0_80_0_0_54ab102b93532eb0209b1f9517c039e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, eron, rossiya
dunyoda, ukraina, eron, rossiya
Eron o‘z fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi
12:31 22.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Eron hukumati fuqarolarini Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga chaqirdi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga yaqin kelajakda Ukrainaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda
RIA Novosti xabar berdi.
“Ukrainada harbiy mojarolar avj olgani va beqarorlik kuchaygani munosabati bilan Eronning barcha fuqarolariga ushbu mamlakatga sayohat qilishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hozirda Ukrainada bo‘lgan fuqarolar ham o‘z xavfsizligini ta’minlash va hayotini saqlab qolish maqsadida mamlakatni tark etishlari kerak”, - deyiladi Eron TIV tarqatgan bayonotda.
Shu bilan birga, hukumat fuqarolarni xotirjam bo‘lishga chaqirib zarurat tig‘ulganda Eronning Kiyevdagi elchixonasiga murojaat qilish kerakligini bildirdi.
Avvalroq, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklardan Ukrainani tark etishni
so‘ragan edi. Shuningdek, qator davlatlar, jumladan, Qozog‘iston, AQSh, Xitoy ham o‘z fuqarolarini vaziyat iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga hamda mamlakatni tark etishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib
yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu hodisani terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini
aybladi.Shundan so‘ng 10-oktabr kuni Ukrainaning bir necha shaharlarida infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi. Putin Ukraina hududidagi bunday obyektlarga ommaviy zarba Kiyev rejimining jinoyatlariga javob tariqasida berilganini ma’lum qildi va agar Ukraina hukumati Rossiya hududida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlarini davom ettirsa, Rossiyaning javobi qat’iy
bo‘lishidan ogohlantirdi.