https://oz.sputniknews.uz/20221022/amerika-razvedkachisi-rossiyaning-ukrainadan-asosiy-farqini-aytdi-29372069.html
Amerika razvedkachisi Rossiyaning Ukrainadan asosiy farqini aytdi
Amerika razvedkachisi Rossiyaning Ukrainadan asosiy farqini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Ritterning aytishicha, ukrainaliklar NATOdan yuz ming to‘plam qishki kiyim-kechak berishni iltimos qilgan. 22.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-22T14:45+0500
2022-10-22T14:45+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1e/28679368_0:198:2939:1851_1920x0_80_0_0_63230adb9d762a4feaea54ffb74394ed.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya Ukrainadan farqli o‘laroq, qishda isinish uchun energiya va infratuzilmaga ega, deydi AQSh dengiz kuchlari razvedkasining iste’fodagi zobiti Skott Ritter Judging Freedom YouTube kanalida efirga uzatilgan intervyusida.Ritterning aytishicha, ukrainaliklar NATOdan yuz ming to‘plam qishki kiyim-kechak berishni iltimos qilgan, chunki Ukraina Qurolli kuchlarida ular yo‘q.Shu bilan birga, zobitning fikricha, vaziyatga kengroq nuqtayi nazardan qarash kerak.Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.G‘arb mamlakatlarida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rosssiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi va inflyatsiya avj oldi.Energiya resurslari, avvalo gaz narxi oshishi ortidan Yevropadagi sanoat inqirozi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1e/28679368_105:0:2834:2047_1920x0_80_0_0_429d930a87ab25a656ffb6ad534268f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, nato, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, nato, rossiya
Amerika razvedkachisi Rossiyaning Ukrainadan asosiy farqini aytdi
14:45 22.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Ritterning aytishicha, ukrainaliklar NATOdan yuz ming to‘plam qishki kiyim-kechak berishni iltimos qilgan.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya Ukrainadan farqli o‘laroq, qishda isinish uchun energiya va infratuzilmaga ega, deydi AQSh dengiz kuchlari razvedkasining iste’fodagi zobiti Skott Ritter Judging Freedom YouTube kanalida efirga uzatilgan
intervyusida.
“Ularda (Rossiyada - tahr.) gaz bor, issiqlik bor, energiya bor, elektr energiyasi bor. Ukraina zaif pozitsiyadan harakatlanadi: ularda hech narsa yo‘q, ular muzlab o‘ladi”, degan Ritter.
Ritterning aytishicha, ukrainaliklar NATOdan yuz ming to‘plam qishki kiyim-kechak berishni iltimos qilgan, chunki Ukraina Qurolli kuchlarida ular yo‘q.
Shu bilan birga, zobitning fikricha, vaziyatga kengroq nuqtayi nazardan qarash kerak.
“Britaniyaning iqtisodiy muammolari Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar bilan bevosita bog‘liqligini tan oladigan kishi kelguniga qadar Angliya yana qancha bosh vazirlardan o‘tishi kerak? Nemislar buni tushuna boshladi, fransuzlar buni tushundi, italiyaliklar ham, butun Yevropa ham!” deya xulosa qilgan Ritter.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
G‘arb mamlakatlarida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rosssiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi va inflyatsiya avj oldi.
Energiya resurslari, avvalo gaz narxi oshishi ortidan Yevropadagi sanoat inqirozi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.