https://oz.sputniknews.uz/20221021/ukraina-eini-parokanda-qilmoqda---britaniya-oavi-29348875.html
Ukraina YeIni parokanda qilmoqda - Britaniya OAVi
Ukraina YeIni parokanda qilmoqda - Britaniya OAVi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniyaning “The Independent” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida Ukrainadan kelgan qochqinlar borasida keskin nizolar kuchaymoqda. 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-21T18:20+0500
2022-10-21T18:20+0500
2022-10-21T18:20+0500
dunyoda
ukraina
yevropa
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094136_0:0:3193:1796_1920x0_80_0_0_4b43bd5e8cc6933e29ff83492930d481.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ukrainalik qochqinlar muammosi yuzasidan Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida tarqoqlik kuchaymoqda. Bu haqda “The Independent” ma’lum qildi.Maqola muallifi Lorne Kukning fikricha, Yevropa Ittifoqi bir dilemma (ikkita variantdan birini tanlash kerak bo‘lgan muammoli vaziyat) oldida turibdi: Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qochqinlarni qabul qilishda davom etish yoki energiya inqirozi bilan bog‘liq ichki muammolar tufayli qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan 5-iyulgacha Ukrainani 8,8 millionga yaqin odam tark etgan.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Ba’zi mamlakatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, ko‘plab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi ko‘mir va neft importiga bosqichma-bosqich embargo joriy etmoqda.Kreml G‘arbning harakatlarini boshqa hech kimga o‘xshamaydigan iqtisodiy urush deb atadi. Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi esa millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094136_462:0:3193:2048_1920x0_80_0_0_bd6e8441060c168dfa0f53870efad9b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi
dunyoda, ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi
Ukraina YeIni parokanda qilmoqda - Britaniya OAVi
Britaniyaning “The Independent” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida Ukrainadan kelgan qochqinlar borasida keskin nizolar kuchaymoqda.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ukrainalik qochqinlar muammosi yuzasidan Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida tarqoqlik kuchaymoqda. Bu haqda “The Independent”
ma’lum qildi. Maqola muallifi Lorne Kukning fikricha, Yevropa Ittifoqi bir dilemma (ikkita variantdan birini tanlash kerak bo‘lgan muammoli vaziyat) oldida turibdi: Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qochqinlarni qabul qilishda davom etish yoki energiya inqirozi bilan bog‘liq ichki muammolar tufayli qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish.
“Yevropa Ittifoqida muhojirlarning tegishli ruxsatsiz kelishi kabi muommo bilan qanday kurashish borasida chuqur kelishmovchiliklar mavjud — bu blok tarixidagi eng yirik siyosiy inqirozlardan birining markazida bo‘lgan masala”, - deydi Kuk.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan 5-iyulgacha Ukrainani 8,8 millionga yaqin odam tark etgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Ba’zi mamlakatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, ko‘plab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi ko‘mir va neft importiga bosqichma-bosqich embargo joriy etmoqda.
Kreml G‘arbning harakatlarini boshqa hech kimga o‘xshamaydigan iqtisodiy urush deb atadi. Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. AQSh va Yevropaning asosiy maqsadi esa millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.