Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi boshlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishUchenie ODKB «Vzaimodeystvie-2018»
Uchenie ODKB «Vzaimodeystvie-2018» - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlarda 1000 ga yaqin harbiy xizmatchi va 300 ta harbiy texnika ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Tojikiston janubidagi Xarbmaydon poligonida KXShTning “Chegara-2022” o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 600 nafar qurolli terrorchi minalangan jihod-mobillarda Tojikiston janubini to‘sib qo‘yish va yirik terrorchi tuzilmalarning yaqinlashib, Dushanbega yetib borishini ta’minlash maqsadida Afg‘onistondan davlat chegarasini buzib o‘tgan va ikki baland tog‘li qishloq aholisini garovga olgan.
Taxminlarga ko‘ra, chegarachilar KXShT Birlashgan shtabidan yordam so‘ragan va Markaziy Osiyo mintaqasi tezkor qo‘shinlarining Kollektiv kuchlari harbiy aviatsiya va artilleriya yordamida jangga kirishgan. Murakkab relyefdan foydalanib, harbiylar “terrorchilar” hujumini qaytarish, ularni “yo‘q qilish” va “garovga olinganlarni” ozod qilish vazifasini bajargan.
Mashg‘ulotlarda 1000 ga yaqin harbiy xizmatchi va 300 ta harbiy texnika ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0