“Shimoliy oqim”ni qayta ishga tushirish mumkin - Daniyalik mutaxassis
“Shimoliy oqim”ni qayta ishga tushirish mumkin - Daniyalik mutaxassis
Sputnik O‘zbekiston
Daniyaning COWI kompaniyasi muhandisi Ussing portibuborilgan "Shimoliy oqim"ni bir necha oy ichida ta’mirlash mumkinligini aytdi. 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Diversiya oqibatida portlatib yuborilgan "Shimoliy oqim" gaz quvurini ta’mirlash mumkin, dedi Daniyaning COWI muhandislik kompaniyasi bosh injeneri Sten Ussing, Denmarks Radioga (DR) bergan intervyusida. RIA Novosti xabariga asosan. Mutaxassis matbuotda e’lon qilingan kadrlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, quvur zanglamaydi degan xulosaga kelgan. Chunki 80 metr chuqurlikda suvda ostida kislorod ko‘p emas. Suratlarga ko‘ra ochiq metall "juda toza va deyarli yarqirab" turibdi, deydi mutaxassis quvurning singan yuzalariga e’tibor berib.Muhandisning taxminiga ko‘ra, portlash oqibatida quvur ichida bosim ko‘tarilgan bo‘lsa, ma’lum masofda quvurlarni shikastlagan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu muammoni quvurni dengiz tubidan biroz ko‘tarish orqali hal qilish mumkin. Shundan so‘ng, sho‘ng‘inuvchi payvandchilar "Shimoliy oqim"ga yangi quvurlarni payvand qilishadi. Quvur butunligi ta’minlanganidan so‘ng u suvdan tozalanadi. Sten Ussing xulosasiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari bir necha oy davom etishi mumkin.
Daniyaning COWI kompaniyasi muhandisi Ussing portibuborilgan "Shimoliy oqim"ni bir necha oy ichida ta’mirlash mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Diversiya oqibatida portlatib yuborilgan "Shimoliy oqim" gaz quvurini ta’mirlash mumkin, dedi Daniyaning COWI muhandislik kompaniyasi bosh injeneri Sten Ussing, Denmarks Radioga (DR) bergan intervyusida. RIA Novosti xabariga asosan.
Mutaxassis matbuotda e’lon qilingan kadrlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, quvur zanglamaydi degan xulosaga kelgan. Chunki 80 metr chuqurlikda suvda ostida kislorod ko‘p emas. Suratlarga ko‘ra ochiq metall "juda toza va deyarli yarqirab" turibdi, deydi mutaxassis quvurning singan yuzalariga e’tibor berib.
"Bu shuni ko‘rsatadiki, bir necha haftadan so‘ng ham quvur, kislorodli muhitdan farqli o‘laroq, zanglamagan. Quvur ichidagi korroziya ham cheklangan miqdorda bo‘lishi mumkin", - dedi Ussing.
Muhandisning taxminiga ko‘ra, portlash oqibatida quvur ichida bosim ko‘tarilgan bo‘lsa, ma’lum masofda quvurlarni shikastlagan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu muammoni quvurni dengiz tubidan biroz ko‘tarish orqali hal qilish mumkin.
Shundan so‘ng, sho‘ng‘inuvchi payvandchilar "Shimoliy oqim"ga yangi quvurlarni payvand qilishadi. Quvur butunligi ta’minlanganidan so‘ng u suvdan tozalanadi.
"Nihoyat, quvur bo‘shatiladi, suvdan va chiqindilardan tozalanadi, puflab quritiladi - va tamom. Undan yana gaz yetkazib berish mumkin bo‘ladi", - deb mutaxassisning so‘zlarini keltiradi DR.
Sten Ussing xulosasiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari bir necha oy davom etishi mumkin.
"Shimoliy oqim" diversiyasi kimga kerak?
"Shimoliy oqim" va "Shimoly oqim-2" gaz quvurlariga hujumlar 26-sentabr kuni amalga oshirilgan edi. Gaz quvurining 4ta mavjud quvurlaridan 3tasi portlatib yuborilgan edi. Daniya suvlarida sodir bo‘lgan ushbu diversiyani 3 hafta davomida o‘rgangan mahalliy tergovchilar "quvur portlatib yuborilgan" degan xulosa e’lon qilishdi xolos. Qim va qanday portlatgani haqida ma’lumot berilgani yo‘q.
"Shimoliy Oqim" loyihalarining asosiy manfaatdori va portlashdan eng ko‘p zarar ko‘rgan tomon - Rossiya Federatsiyasiga portlash oqibatlarini tekshirishga ruxsat berilmadi. Undan tashqari, hodisadan so‘ng Rossiyaning BMT xavfsizlik kengashi chaqirish tashabbusi boshqa mamlakatlar tomonidan bloklab qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, "Shimoliy oqim-2" qurilishining so‘nggi yillarida AQSh gaz quvuriga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar qo‘llagan edi. Sanksiyalar dastlab loyihada ishlayotgan qurilish kemalari, keyin barcha muhandislik va sug‘urta kompaniyalariga nisbatan qo‘llanilgan edi.
Rossiya hukumati barcha to‘siqlarga qaramasdan 2021-yil dekabrida "Shimoliy Oqim-2"ni qurib bitkazdi. "Shimoliy oqim-2"ni portlatib yuborish kimga foyda keltirdi? Birinchi navbatda, AQShga - ular o‘zlarining suyultirilgan gazni raqobatsiz Yevropa bozoriga yetkazib berishi mumkin bo‘ldi.
Ikkinchidan - Norvegiyaga va Polsha. "Shimoliy oqim" portlatilgan kunning ertasiga 27-sentabr kuni Norvegiyadan Polshaga kelgan yangi gaz quvuri - Baltic Pipe ishga tushdi. Bu gaz quvuri "Shimoliy oqim"dek yirik bo‘lmasa-da, u Polsha ehtiyojlarini to‘liq ta’minlab ortiqcha gazni Yevropaning boshqa davlatlariga eksport qilish imkonini beradi. Germaniya emas Polshani YeIning gaz xabiga aylantiradi.