Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tor doirada muzokara o‘tkazishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov
Shavkat Mirziyoyev va  Serdar Berdimuhamedov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentlar Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tor doirada muzokara o‘tkazishdi.
Davlat rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan Turkmanistonning ko‘p qirrali strategik sherikligi rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirishdi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi, jumladan, Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda keyingi yillarda amaliy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida katta natijalar bo‘lgani ta’kidlandi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar “yo‘l xaritasi” asosida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasida muntazam muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0