https://oz.sputniknews.uz/20221021/rossiyada-ozbek-tilini-qaerda-organish-mumkin---rf-talim-vazirligi-29364709.html
Rossiyada o‘zbek tilini qayerda o‘rganish mumkin - RF Ta’lim vazirligi
Rossiyada o‘zbek tilini qayerda o‘rganish mumkin - RF Ta’lim vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish naqadar kuchli? Kimlar Rossiyada o‘zbek tilini o‘rganmoqda? O‘zbek tilida qanday kitoblar chop etilmoqda? Ushbu savollarning javobi... 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-21T19:17+0500
2022-10-21T19:17+0500
2023-04-05T18:40+0500
madaniyat
o‘zbekiston
o‘zbek tili
rossiyada o‘qish
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36186606_0:0:1000:562_1920x0_80_0_0_973fcc1f642403d66fd5c1434ff5e9a2.png
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda davlat tili kuni nishonlanmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar berishicha, dunyo bo‘ylab 50 millionga yaqin kishi Alisher Navoiy tilida so‘zlashadi. O‘zbek tilida so‘zlashadigan davlatlardan biri Rossiya bo‘lib, bu yerda ham o‘zbek tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.O‘zbek tili darslari aynan qayerda o‘tkaziladi? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligiga murojaat qildi.Shuningdek, Moskva Davlat Lingvistika Universitetida (MDLU) o‘zbek tilini biladigan siyosatshunoslik, tilshunoslik va xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Avvalroq Sputnik bu yil Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochilgani haqida xabar bergan edi.2012 yilda universitet o‘qituvchilari O‘zDJTUdagi hamkasblari bilan birgalikda ikki qismdan iborat “MDH davlatlari uchun o‘zbek tili” darsligini nashr etgan edi. Hozirda u elektron formatda bepul tarqatilmoqda.Undan tashqari, Rossiya Fanlar akademiyasida o‘zbek tili ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganilmoqda – Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik institutida o‘zbek tilini o‘z ichiga olgan “Rossiyaning kichik tillari” sayti ishga tushirildi. Rossiyada ham o‘zbek tilidagi kitoblar chop etiladi. Shu yilning oktabr oyida Razan shahrida Sergey Yeseniyning o‘zbek tilidagi “Fors motivlari” she’riy sikli taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobning nashr etilishida Rossiya Prezident grantlari jamg‘armasi tomonidan “Do‘stlik chegaralari” dasturi doirasida ko‘maklashdi. Ushbu dastur Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 2022-yil Rossiya xalqlarining madaniy merosi yili deb e’lon qilinganligi sababli ishga tushirildi. O‘zbeklar Rossiyada istiqomat qiluvchi 193 etnik guruh ro‘yxatiga kiritilgan, deb xabar beradi “Rossiya Federatsiyasi Milliy siyosati” portali. Bu yerda gap Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan etnik o‘zbeklar haqida ketmoqda. Bundan tashqari, joriy yilda birinchi marta dermatologlar, pediatrlar, jarrohlar, stomatologlar va psixologlar malakasini oshirish maqsadida O‘zbekistonga tekinga olib kelinadigan epidermoliz bulloza bo‘yicha ruscha qo‘llanmani o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ayni damda Rossiyada ham o‘zbek tilida muzey ekskursiyalarini yo‘lga qo‘yish haqida gap ketmoqda. Moskvadagi Tsaritsino muzey-qo‘riqxonasi bu yo‘nalishda kashshof bo‘lgan bo‘lib, u avvalroq Sputnik muxbiriga o‘zbek tilida ekskursiyalarni boshlash rejalari haqida ma’lum qilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36186606_157:14:864:544_1920x0_80_0_0_f398989ee757f5c93f2bac9c544a5d7f.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, o‘zbek tili, rossiyada o‘qish, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
madaniyat, o‘zbekiston, o‘zbek tili, rossiyada o‘qish, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, rossiya
Rossiyada o‘zbek tilini qayerda o‘rganish mumkin - RF Ta’lim vazirligi
19:17 21.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish naqadar kuchli? Kimlar Rossiyada o‘zbek tilini o‘rganmoqda? O‘zbek tilida qanday kitoblar chop etilmoqda? Ushbu savollarning javobi bilan, O‘zbek tili kuni bayrami munosabati bilan chop etilayotgan Sputnik maxsus reportajida tanishing.
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda davlat tili kuni nishonlanmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar berishicha, dunyo bo‘ylab 50 millionga yaqin kishi Alisher Navoiy tilida so‘zlashadi. O‘zbek tilida so‘zlashadigan davlatlardan biri Rossiya bo‘lib, bu yerda ham o‘zbek tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘zbek tili darslari aynan qayerda o‘tkaziladi? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligiga murojaat qildi.
“Rossiyada ikkita oliy o‘quv yurti o‘zbek tilida kasbiy ta’lim beradi – bular Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Moskva Davlat Lingvistika Universitetida (MDLU) o‘zbek tilini biladigan siyosatshunoslik, tilshunoslik va xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Avvalroq Sputnik bu yil Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochilgani haqida xabar bergan edi.
2012 yilda universitet o‘qituvchilari O‘zDJTUdagi hamkasblari bilan birgalikda ikki qismdan iborat “MDH davlatlari uchun o‘zbek tili” darsligini nashr etgan edi. Hozirda u elektron formatda bepul tarqatilmoqda.
Undan tashqari, Rossiya Fanlar akademiyasida o‘zbek tili ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganilmoqda – Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik institutida o‘zbek tilini o‘z ichiga olgan “Rossiyaning kichik tillari” sayti ishga tushirildi. Rossiyada ham o‘zbek tilidagi kitoblar chop etiladi. Shu yilning oktabr oyida Razan shahrida Sergey Yeseniyning o‘zbek tilidagi “Fors motivlari” she’riy sikli taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobning nashr etilishida Rossiya Prezident grantlari jamg‘armasi tomonidan “Do‘stlik chegaralari” dasturi doirasida ko‘maklashdi. Ushbu dastur Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 2022-yil Rossiya xalqlarining madaniy merosi yili deb e’lon qilinganligi sababli ishga tushirildi.
O‘zbeklar Rossiyada istiqomat qiluvchi 193 etnik guruh ro‘yxatiga kiritilgan, deb xabar beradi “Rossiya Federatsiyasi Milliy siyosati”
portali. Bu yerda gap Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan etnik o‘zbeklar haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda birinchi marta dermatologlar, pediatrlar, jarrohlar, stomatologlar va psixologlar malakasini oshirish maqsadida O‘zbekistonga tekinga olib kelinadigan epidermoliz bulloza bo‘yicha ruscha qo‘llanmani o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Shuningdek, o‘zbek mumtoz she’rlaridan iborat “O‘zbek she’riyati antologiyasi” kitobining rus tilidagi nashri ham chop etildi. Ushbu kitoblar Alisher Usmonov nomidagi “San’at, fan va sport” jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Ayni damda Rossiyada ham o‘zbek tilida muzey ekskursiyalarini yo‘lga qo‘yish haqida gap ketmoqda. Moskvadagi Tsaritsino muzey-qo‘riqxonasi bu yo‘nalishda kashshof bo‘lgan bo‘lib, u avvalroq Sputnik muxbiriga o‘zbek tilida ekskursiyalarni boshlash rejalari haqida ma’lum qilgan.