Qanday konfetlarni shokolad deb atash mumkin - YeOII standarti belgilandi

© Foto : Pixabay / Jacqueline MacouShokolad
Shokolad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Tarkibida 35% kakao bor bo‘lsa - uni shokolad deb ayting, 25% bo‘lsa - shokoladli mahsulot.
TOShKENT, 21 okt - Sputnik. YeOII mamlakatlarida shokolad ishlab chiqarish standartlari belgilab olindi. Bu haqida Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining texnik tartibga solish bo‘yicha vaziri Viktor Nazarenko Armanistonda bo‘lib o‘tgan anjumandan so‘ng e’lon qildi.
Tarkibida kamida 35% jami kakao moddasi bo‘lgan mahsulot shokolad deb atalishi mumkin. Ushbu miqdordan kamida 18% - kakao moylari va kamida 14% - quruq kakao moddasi bo‘lishi talab etiladi. Biz YeOII davlatlari ana shunga kelishib oldik.
Demak, tarkibida 35% kakao bor bo‘lsa - uni shokolad deb ayting, 25% bo‘lsa - shokoladli mahsulot. Agar mahsulot ushbu talablarga mos kelmasa, hurmatli hamkasabalar, ushbu qandolat mahsulotini boshqa nom bilan atang, lekin shokolad emas", - dedi Nazarenko.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda YeOII davlatlarida go‘sht, sut, baliq, konserva va dudlangan mahsulotlar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, ko‘katlar, soklar, bolalar o‘yinchoqlari, bolalar maydonchlari, mebel, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilg‘isi, temiryo‘l transporti, liftlar, elektron mahsulotlar, g‘ildirakli transport vositalari va boshqa mahsulotlarga oid texnik reglamentlar kuchga kirgan.
Undan tashqari YeOII davlatlarida statistika ma’lumotlarini to‘plash, ko‘chmas mulkni baholash va turli xizmatlarni sertifikatlashga oid yagona standartlar joriy etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0