https://oz.sputniknews.uz/20221021/ozbekistonliklar-ham-qisman-quyosh-tutilishiga-guvoh-boladi---tafsilotlar-29352554.html
O‘zbekistonliklar ham qisman Quyosh tutilishiga guvoh bo‘ladi - tafsilotlar
O‘zbekistonliklar ham qisman Quyosh tutilishiga guvoh bo‘ladi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Respublikaning barqcha hududlarida qisman Quyosh tutilishini kuzatish vaqtlari haqida materialimizda o‘qing. 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-21T18:54+0500
2022-10-21T18:54+0500
2022-10-21T18:54+0500
jamiyat
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
quyosh tutilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24588907_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7b3ad0b08d6e0b34679f021cfabf9f6e.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonliklar 25-oktabr kuni qisman Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.Qiziqarli astronomik hodisalardan biri bo‘lgan qisman Quyosh tutilishining to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 70 foizi to‘siladi.Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi.Toshkentda Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.Ma’lumot uchun, qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to‘silishi bilan izohlanadi.Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24588907_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2ea942fac9fbf7ee7a15ea4b9f160742.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , quyosh tutilishi
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , quyosh tutilishi
O‘zbekistonliklar ham qisman Quyosh tutilishiga guvoh bo‘ladi - tafsilotlar
Respublikaning barqcha hududlarida qisman Quyosh tutilishini kuzatish vaqtlari haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonliklar 25-oktabr kuni qisman Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar
berdi. Qiziqarli astronomik hodisalardan biri bo‘lgan qisman Quyosh tutilishining to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 70 foizi to‘siladi.
Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.
“O‘zbekistonning hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi.
Toshkentda Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to‘silishi bilan izohlanadi.
Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.