O‘zbekiston va Turkmaniston qaysi tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOAV vakillari uchun brifing
OAV vakillari uchun brifing  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Yevropada xavsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT), Orolni qutqarish xalqaro fondi (OQXF) va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettiriladi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
Brifingda davlatlarning xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan pozitsiyalari mushtarak ekani qayd etildi.
“Biz Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi mintaqaviy hamkorlikni bundan buyon ham mustahkamlashga kelishib oldik” deydi O‘zbekiston yetakchisi.
Aytilishicha, davlat rahbarlari Afg‘onistonda vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirish va muhim infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kengaytirishga ahdlashib olishdi.
O‘z bayonotining yakunida Shavkat Mirziyoyev sermahsul muzokaralarning natijalari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik har tomonlama mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0