https://oz.sputniknews.uz/20221021/ozbekiston-turkmaniston-chegaraoldi-savdo-zonasi-quriladi---tafsilotlar-29336810.html
O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi quriladi - tafsilotlar
O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi quriladi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazishdi. 21.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-21T11:17+0500
2022-10-21T11:17+0500
2022-10-21T11:20+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
serdar berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29337109_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9b7a24654e8ed94e92c6fbbf9b9492bd.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston-Turkmaniston Chegaraoldi savdo zonasining qurilishini boshlab berishadi. Bu haqida ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilagn muzokara davomida ma’lum qilindi.Aytilishicha, keyingi oylarda davlat rahbarlari oltinchi marta uchrashayotgani O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlarning yorqin dalilidir.Davlat rahbari O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.Tomonlar kooperatsiya loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Sanoat, energetika, kimyo tarmog‘i va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi.Transport sohasi - hamkorlikning strategik yo‘nalishlaridan biri. Davlat rahbarlari “Sharq - G‘arb” va “Shimol - Janub” yo‘nalishlarida, shu jumladan Turkmanboshi porti imkoniyatlaridan foydalangan holda transport yo‘laklarini faol rivojlantirishga ahdlashib olishdi.Prezidentlar fan, ta’lim, san’at, kino va turizm sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish zarurligini qayd etishdi.Belgilangan maqsadlarga erishishda Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Mamlakatlar suv sohasida yuksak darajada hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkentda imzolangan Amudaryo bo‘yicha bitimni keng ko‘lamda amalga oshirmoqdalar.Prezident Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatlar o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan bugungi hamkorlikning mustahkam poydevorini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29337109_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d1cd7441300e800da67588a3ae276c1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, serdar berdimuhamedov
siyosat, shavkat mirziyoyev, serdar berdimuhamedov
O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi quriladi - tafsilotlar
11:17 21.10.2022 (yangilandi: 11:20 21.10.2022) Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazishdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston-Turkmaniston Chegaraoldi savdo zonasining qurilishini boshlab berishadi. Bu haqida ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilagn muzokara davomida ma’lum
qilindi. Aytilishicha, keyingi oylarda davlat rahbarlari oltinchi marta uchrashayotgani O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlarning yorqin dalilidir.
Davlat rahbari O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
“Ming yillar davomida o‘zbek va turkman xalqlari yonma-yon yashab, bir-biriga tayanch bo‘lib kelganlar” deydi Shavkat Mirziyoyev.
Tomonlar kooperatsiya loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Sanoat, energetika, kimyo tarmog‘i va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi.
Transport sohasi - hamkorlikning strategik yo‘nalishlaridan biri. Davlat rahbarlari “Sharq - G‘arb” va “Shimol - Janub” yo‘nalishlarida, shu jumladan Turkmanboshi porti imkoniyatlaridan foydalangan holda transport yo‘laklarini faol rivojlantirishga ahdlashib olishdi.
Prezidentlar fan, ta’lim, san’at, kino va turizm sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish zarurligini qayd etishdi.
Kelgusi yilda ikkala mamlakatda barcha viloyatlar ishtirokida Madaniyat va kino kunlari, yoshlar festivallari o‘tkaziladi.
Belgilangan maqsadlarga erishishda Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga, ikki mamlakatning ravnaqiga xizmat qilishiga ishonamiz”, deydi muzokaralar yakunida O‘zbekiston yetakchisi.
Mamlakatlar suv sohasida yuksak darajada hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Toshkentda imzolangan Amudaryo bo‘yicha bitimni keng ko‘lamda amalga oshirmoqdalar.
Prezident Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatlar o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan bugungi hamkorlikning mustahkam poydevorini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.